Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zelenskiy oliy radadan inauguratsiyasi sanasini belgilashni cho‘zmaslikni talab qildi
Ukrainaning saylangan prezidenti Vladimir Zelenskiy oliy rada deputatlaridan parlamentning navbatdagi yig‘ilishida inauguratsiyasi sanasini 19 may kuniga belgilashni talab qildi.
U oliy radani inauguratsiya sanasini belgilashni cho‘zishda aybladi.
Shu munosabat bilan siyosatchi videomurojaat yozib, unda deputatlarga yurtdoshlari manfaati yo‘lida o‘z majburiyatlarini sidqidildan bajarishlarini eslatib qo‘ygan. “Hozircha siz faqatgina o‘z manfaatingiz yo‘lida harakat qilmoqdamiz, radaning tarqatilishidan ko‘rqmoqdasiz va inauguratsiya sanasini belgilashni cho‘zmoqdasiz”, deb aytgan Zelenskiy.
“Men oliy radaga murojaat qilmoqdaman: navbatdagi yig‘ilishda inauguratsiya sanasi 19 mayga belgilansin. Buni men emas, siz manfaati yo‘lida harakat qilishga qasamyod qilgan Ukraina xalqi talab qilmoqda”, deb aytgan Zelenskiy videomurojaatida.
Zelenskiyning ta'kidlashicha, mamlakat muassasalarning normal ishlashiga ehtiyojmand. “Iltimos, deputatlik guvohnomalaringiz haqida emas, Ukraina xalqi haqida o‘ylang”, deb aytgan bo‘lg‘usi prezident.
Siyosatchining aytishicha, Ukrainaning amaldagi prezidenti Pyotr Poroshenko lavozimidan ketishi oldidan faol tarzda hukumatda kadrlarni o‘zgartirishni, sudyalarni tayinlashni va “unvonlarni tarqatishni” boshladi. Zelenskiy Poroshenkoni ketishi oldidan o‘zi bilan sochiq, shippak va shved stolidan taomlarni olib ketuvchi turk mehmonxonasidagi sayyohga qiyoslagan.
Mavzuga oid
14:52 / 21.05.2025
Zelenskiy: Rossiya urushni davom ettirish uchun vaqtni cho‘zmoqchi
08:24 / 20.05.2025
Zelenskiy qurolli kuchlarni Ukraina hududlaridan olib chiqish imkoniyatini rad etdi
22:39 / 18.05.2025
Zelenskiy Vatikanda Vens, Rubio va yangi Rim papasi bilan uchrashdi
22:32 / 18.05.2025