Jamiyat | 16:09 / 11.05.2019
43845
5 daqiqa o‘qiladi

IIB bo‘lim boshlig‘i yosh yigitni kaltaklagani haqida xabarlar tarqaldi. IIV rasmiy munosabat bildirdi

Foto: KUN.UZ

Ijtimoiy tarmoqlarda “Andijonlik yigit uni IIB 1-bo‘limi boshlig‘i kaltaklaganini iddao qildi” nomli ma'lumot tarqaldi. O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, shu mazmundagi Ichki ishlar vazirligi virtual qabulxonasiga qilingan murojaat Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan o‘rganib chiqildi. 

Aniqlanishicha, 2019 yilning 12 aprel kuni Andijon shahri, Bo‘ston dahasi, Hamroqulov ko‘chasidagi uyda yashovchi fuqaro I.D. Dilnoza Ichki ishlar vazirligi virtual qabulxonasiga murojaat qilgan.

Unda u 1992 yilda tug‘ilgan o‘g‘li I.H. joriy yilning 6 aprel kuni soat 24.00lar chamasida Bo‘ston dahasidagi kompyuter o‘yingohidan  5-6 nafar tanishlari bilan chiqayotgan vaqtida ichki ishlar xodimlari ushlab, Andijon shahar IIO FMB 1-son IIBga olib kirishib, u yerda uni nafsoniyatiga teguvchi so‘zlar bilan haqorat qilganligini, o‘g‘li H. o‘zining huquqini so‘raganida bo‘lim boshlig‘i “Huquqingni talab qiladigan bo‘lib qoldingmi” deb, o‘rinbosari bilan birga unga tan jarohati yetkazishganligini, so‘ngra o‘zlari chiqib ketib, boshqa xodimlarni kiritib, ariza qilmaysan deb shart qo‘yishganligini, o‘g‘li “yo‘q, men erkakman, ariza qilmayman”, deb og‘ir ahvolda IIBdan chiqib, tonggi soat 05.00lar atrofida uyga kelganligini, u o‘g‘lining holatini, bo‘yin qismini ko‘karganini, nafas olishga qiynalayotganligini, oqsoqlanib yurganligini ko‘rib, viloyat kasalxonasiga olib borib yotqizganligini, hozirda o‘g‘liga tan jarohati yetkazgan 1-son IIB boshlig‘i S. va o‘rinbosariga tegishli jazo berishlikni so‘ragan.

Holat bo‘yicha 2019 yilning 16 aprel kuni Andijon shahar prokurori Ichki ishlar boshqarma boshlig‘i nomiga xizmat tekshiruvi o‘tkazish bo‘yicha taqdimnoma yuborib, unda fuqaro M.I.ning arizasiga ko‘ra, 2019 yil 6 aprel kuni soat taxminan 23.20lar atrofida uning o‘g‘li I.H. Bo‘ston dahasida kompyuter o‘yinlari o‘ynayotgan vaqtida IIB xodimlari kelib, Andijon shahar IIO FMB 1-sonli IIBga olib ketganliklarini, u yerda ro‘yxatdan o‘tkazilib, barmoq izi olganliklarini, barmoq izi olayotgan vaqtida uni ro‘yxatdan o‘tkazgan jamoatchilik vakili D.A. uni haqorat qilganligi, buni ko‘rgan bo‘lim tezkor vakillari uni tashqariga olib chiqib, tinchlantirganligini, birozdan so‘ng uni tashqarida turganligini ko‘rgan A. yoniga kelib yana gap tortisha boshlaganligini, shu payt bo‘lim boshlig‘i X.S. bu holatni ko‘rib, uni oldiga chaqirganligini, u oldiga borishi bilan uni urib unga tan jarohati yetkazganligini, soat taxminan 02.45lar atrofida qo‘yib yuborganliklarini, 2019 yil 7 aprel kuni IIB xodimlari tomonidan yetkazilgan tan jarohatlari yuzasidan Respublika shoshilinch tez yordam ilmiy markazining Andijon filialiga murojaat qilganligini bayon qilgan va uni haqorat qilgan IIB xodimlariga nisbatan qonuniy chora ko‘rilishini so‘ragan.

Mazkur holat yuzasidan Andijon viloyati IIB Kadrlar boshqarmasi tomonidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilgan. 

Unda aniqlanishicha, 2019 yil 7 aprel kuni jamoatchilik vakili D.A. Andijon shahar IIB 1-sonli IIB boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qilib, unda tungi xizmatga biriktirilgan vaqtida ma'muriy binoga olib kelinganlar bilan o‘tkazilgan profilaktik-ogohlantiruv ishlari davomida tungi xizmatda ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan olib kelingan fuqaro I.H. o‘zini shaxsini bayon qilish o‘rniga unga nisbatan nosamimiy munosabatda bo‘lib, belgilangan tartiblarga amal qilmasdan, tortishib ketganligini bayon qilgan.

I.H. 2019 yilning 7 aprel kuni soat 00:42da 1-son IIBdagi “Ichki ishlar organlariga olib kelingan shaxslarni hisobga olish kitobi”dan ro‘yxatdan o‘tkazilgan.

Xizmat tekshiruvi davomida fuqaro I.H. va jamoatchilik vakili D.A. hamda shu vaqtda atrofda bo‘lganlarning ko‘rgazmalarida qarama-qarshiliklar vujudga kelayotganligini inobatga olib, fuqaro I.H.ning tanasida yengil tan jarohatlari borligi haqida sud tibbiy ekspertiza xulosasi berilganligini hamda I.H. ushbu jarohatlarni qanday holatda va kim tomonidan yetkazilganligiga aniqlik kiritish maqsadida, surishtiruv davomida to‘plangan hujjatlar huquqiy baho berishlik uchun Andijon shahar prokuraturasiga yuborilgan.

Mavzuga oid