Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Video: Messi «Barselona»ning YeChLdagi mag‘lubiyatdan keyingi ilk ochiq mashg‘ulotiga g‘amgin qiyofada keldi
«Barselona» Chempionlar ligasini tark etganidan keyingi ilk ochiq mashg‘ulotini o‘tkazdi.
Ko‘k-anorranglilar jamoasi yetakchisi Lionel Messi jurnalistlar qarshisida yangi ko‘rinishda – soqolsiz va g‘amgin qiyofada paydo bo‘ldi. Kataloniyalik futbolchilarning ham aksar qismi jiddiy qiyofada shug‘ullanishgan va bir-birlari bilan hazillashishmagan.
«Barselona» YeChLni yarim finalda «Liverpul»ga qarshi o‘yinlar natijasiga ko‘ra tark etdi. Birinchi uchrashuvda kataloniyaliklar o‘z uyida mersisaydliklarni 3:0 hisobida mag‘lub etishgandi, ammo javob uchrashuvida qizillar kambek amalga oshirishdi va 4:0 hisobida g‘alaba qozonishdi.
«Barselona» joriy mavsumda Ispaniya chempioni bo‘lib ulgurgan. Jamoa shuningdek, Ispaniya Kubogi finaliga chiqqan, katalonlar kubok g‘olibligi uchun 25 may kuni Sevilyadagi «Benito Vilyamarin» stadionida «Valensiya»ga qarshi maydonga chiqishadi.
Mavzuga oid
10:44 / 26.05.2025
Hakamning xatosi «Aston Villa»ni, «Yuventus»ning penaltisi «Roma»ni YeChLsiz qoldirdi. Kun o‘yinlari
11:33 / 19.05.2025
«Roma» «Milan»ni yengdi va YeChL uchun kurashda qoldi, «Barsa» sovrin olgan kunida yutqazdi. Kun o‘yinlari
09:37 / 16.05.2025
«Barselona» - Ispaniya chempioni! Yamal «Oltin to‘p» uchun asosiy da’vogar
21:21 / 11.05.2025