Sport | 08:46 / 13.05.2019
9788
3 daqiqa o‘qiladi

Ronaldu A Seriyada ilk marta mag‘lubiyatga uchradi

Foto: REUTERS

12 may, yakshanba kuni Italiya A Seriyasida 36-turning bir qator uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.

Markaziy o‘yin Rimda «Roma» va «Yuventus» o‘rtasida kechdi. Unda maydon egalari Alessandro Florensi va Edin Jyekoning o‘yin oxirida urgan gollari evaziga 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.

E'tiborlisi, «Yuve» A Seriyada ilk marta Krishtianu Ronaldu qaydnomaga kiritilgan o‘yinda mag‘lubiyatga uchradi. Turinliklar bunga qadar «Jyenoa» va SPAL bilan bahslarda ham yengilishgan, ammo bu o‘yinlarda portugaliyalik hujumchi zayavkaga kiritilmagan edi.

Qo‘shimcha qilish joiz, Italiyada so‘nggi mavsumlarda gegemonlik qilib kelayotgan «Yuventus»ni «Roma» oxirgi 4 mavsumda 3 marta mag‘lub etdi, bu – A Seriya klublari orasida shu davrdagi eng yaxshi ko‘rsatkichdir.

Eslatib o‘tamiz, «keksa sinora» muddatidan oldin chempionlik unvonini rasmiylashtirib ulgurgan. Ushbu g‘alabadan so‘ng «Roma» hisobidagi ochkolar 62taga yetdi, jamoa jadvalda 6-o‘rinni egallab turibdi. Beshinchi pog‘onadagi «Milan» hisobida ham 62 ochko mavjud.

Italiya chempionati
36-tur, 12 may
Torino – Sassuolo 3:2 (0:1, 3:1)
Gollar: 0:1 – 27 Burabiya, 1:1 – 56 Belotti, 1:2 – 71 Lirola, 2:2 – 81 Dzadza, 3:2 – 82 Belotti.
Chetlatish: Burabiya (28, Sassuolo).

Frozinone – Udineze 1:3 (0:3, 1:0)
Gollar: 0:1 – 11 Okaka Chuka, 0:2 – 41 Samir, 0:3 – 44 Okaka Chuka, 1:3 – 85 Dionizi.

Sampdoriya – Empoli 1:2 (0:0, 1:2)
Gollar: 0:1 – 56 Farias, 0:2 – 75 Di Lorenso, 1:2 – 90, penalti Kualyarella.

SPAL – Napoli 1:2 (0:0, 1:2)
Gollar: 0:1 – 49 Allan, 1:1 – 83, penalti Petanya, 1:2 – 88 Mariu Ruy.

Roma – Yuventus 2:0 (0:0, 2:0)
Gollar: 1:0 – 79 Florensi, 2:0 – 90+2 Jyeko.
Roma – Mirante, Florensi, Manolas, Fasio, Kolarov, Pellegrini (Kristante, 67), Nzonzi, Dzanolo, Klyuyvert (Under, 78), Jyeko, El-Shaaravi.
Yuventus – Shchensny, De Shilo (Joau Kanselu, 85), Kaseres, Kellini, Spinatssola, Kuadrado, Djan, Pyanich (Bentankur, 71), Matyuidi (Aleks Sandro, 84), Dibala, Ronaldu.
Ogohlantirishlar: Jyeko (51), Jan (74), Dzanolo (75), Kolarov (90).

13 may
22:00. Bolonya – Parma
23:59. Inter – Kevo

Комрон Чегабоев
Tayyorlagan Комрон Чегабоев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid