Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyaning Qirg‘izistondagi elchisi FeTO a'zosi bilan bir dasturxonda o‘tirishni istamadi (video)
Turkiyaning Qirg‘izistondagi elchisi Jyengiz Komil Firat bilan iftorlik vaqtida mojaro chiqdi. Gap shundaki, uni Qirg‘iziston musulmonlar diniy boshqarmasi iftorlikka Turkiyada taqiqlangan FeTO tashkiloti vakilini taklif qilgani g‘azablantirgan. Bu haqda 24.kg axborot agentligi xabar berdi.
G‘azab otiga mingan Komil Firat iftorlikni u boshlanishiga oz qolganda tark etgan. Ushbu mojaro videosi internetda tarqalgan.
Diniy boshqarmada voqea 8 may kuni yuz bergani tasdiqlangan. Ma'lum qilinishicha, elchini iftorlikka taklif qilingan mehmonlar, jumladan “Sapat” ta'lim muassasasi direktori Orxan Inandaning taklif qilingani ranjitgan.
“Ramazon oyida siz terrorchini taklif qilmoqdasiz, qanaqa muftiylik bu o‘zi? Men sizlarga 35 mln dollarlik masjid qurdirib berdim, siz esa meni terrorchi bilan bir qatorga qo‘ymoqdasiz”, deb achchiqlangan elchi.
Firat, shuningdek, diniy boshqarma yo Turkiyani, yo terrorchilarni tanlashiga to‘g‘ri kelishini aytgan.
Mavzuga oid
11:35 / 28.05.2025
Turkiyada murakkab vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik ayolga yordam berildi
17:01 / 24.05.2025
Turkiyada «Sulton Sulaymon» 1 yil 10 oy shartli qamoq jazosiga hukm qilindi
15:49 / 24.05.2025
O‘zbekiston Shusha deklaratsiyasiga qo‘shilgani haqidagi xabarlar rad etildi
07:50 / 24.05.2025