Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Davlat xizmatlari markazlari barcha abituriyentlar hujjatini qabul qilishga ulguradimi?
Bugun, 15 may kuni Adliya vazirligi tashabbusi bilan O‘zbekiston prezidentining «Oliy ta'lim muassasalariga test sinovlari orqali qabul qilish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori yuzasidan matbuot anjumani tashkil etildi.
Qarorga ko‘ra, joriy yildan boshlab abituriyentlarni davlat oliy ta'lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga kirish uchun faqat Davlat xizmatlari markazlari yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qilishadi.
Shu o‘rinda savol tug‘iladi, o‘zi shundoq ham ishga ko‘milib turgan Davlat xizmatlari markazlari qisqa muddat ichida shuncha abituriyentlarning hujjatlarini qabul qilishga ulguradimi?
Bu savolga javob bergan markaz vakilining ma'lum qilishicha, hozirgi kunda respublika bo‘ylab 200dan ortiq markazlar faoliyat yuritmoqda. Ya'ni ular soni mavjud OTMlar sonidan ikki barobar ko‘proq. Demak, garchi yuklama orsada, barcha abituriyentlardan o‘z vaqtida hujjat qabul qilish bo‘yicha hamma chora tadbirlar ko‘riladi.
Kun.uz muxbirining «imtiyoz asosida qabul qilinuvchilar toifalari yildan yilga ortib bormoqda. Bu oxir-oqibat bilimning ikkinchi darajaga tushib qolishiga sabab bo‘lmaydimi?» degan savoliga DTM bosh boshqarma boshlig‘i Barno Rajabov shunday javob berdi: «DTM ijrochi organ hisoblanadi va hukumat qarorlarini so‘zsiz bajaradi. Imtiyozlar esa hukumat tomonidan belgilanadi. Lekin aytish mumkinki, berilgan imtiyozlar asosiy kvotalardan tashqari tayinlanadi, ya'ni bilimli abituriyentlar o‘rni sababsiz olib qo‘yilmaydi. Ichki ishlar xodimlari farzandlariga beriluvchi so‘nggi imtiyozlarga kelsak, aytish mumkinki bu imkoniyat hamma xodimlarga ham berilavermaydi. Birinchi navbatda xizmat chog‘ida halok bo‘lgan yoki og‘ir yaralanganlarning farzandlariga yoki o‘z faoliyatida alohida namuna bo‘lganlarga bevosita vazir yoki o‘rinbosari tavsiyasi bilangina bu imtiyozga ega bo‘lish mumkin».
Mavzuga oid
15:29 / 18.08.2020
Bu yilgi kirish imtihonlarida ota-onalar uchun alohida kutish joylari tashkil qilinmaydi
11:31 / 17.08.2020
Imtihonga yaqin qolganda pasportini yo‘qotib qo‘ygan abituriyent qanday yo‘l tutishi kerakligi aytildi
09:35 / 15.08.2020
IELTS Indicator bo‘yicha kutilmagan qaror abituriyentlarda e’tiroz uyg‘otdi. Bu inobatga olinadimi?
15:30 / 24.06.2020