Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
IIBB: 37 nafar fuqaroda sobiq SSSR pasporti borligi aniqlandi
Pasport tartibi tekshiruvi davomida 3801 nafar shaxslarda hamon O‘zbekiston Respublikasining biometrik pasporti yo‘qligi ma'lum bo‘ldi, deb xabar qilmoqda Toshkent shahar IIBB.
Qayd etilishicha, shulardan 37 nafarida – bugungi kunga qadar faqatgina bitta asosiy hujjat – sobiq SSSR pasporti borligi aniqlangan.
Bugungi kunda 3801 nafar fuqarolardan 3747 nafari, eski SSSR pasportiga ega bo‘lgan 18 kishini inobatga olgan holda biometrik pasportlarga ega bo‘lishdi, deyiladi xabarda.
“Hurmatli toshkentliklar! Agar biror sabablarga ko‘ra sizda biometrik pasport bo‘lmasa, Toshkent shahar IIBB MvaFR Boshqarmasiga yoki tuman bo‘limlariga murojaat qiling. Eslatib o‘tamiz, eski nusxadagi pasportlar (biometrik bo‘lmagan) respublika hududida 2019 yilning 31 dekabrigacha amal qiladi”, - deya yakunlangan IIBB axboroti.
Mavzuga oid
12:59 / 11.01.2025
«Eng kuchli» pasportlar reytingi. Singapur yetakchi, O‘zbekiston 80-o‘rinda
17:33 / 07.12.2024
Kipr Putinning sobiq kursdoshiga berilgan «oltin pasport»ni olib qo‘ymadi
17:27 / 26.11.2024
Qozog‘iston pasporti Markaziy Osiyoda eng kuchli deb topildi
18:21 / 13.08.2024