Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dubay hukmdori Ol Maktumning uch o‘g‘li bir kunda nikoh qurdi
BAA vitse-prezidenti va Dubay hukmdori shayx Muhammad bin Rashid Ol Maktumning uch o‘g‘li 15 may kuni nikoh qurdi.
16 may kuni BAAning ommaviy axborot vositalari davlat boshqarmasi Dubay hukmdorining uch o‘g‘li bir kunda nikoh qurganini rasman tasdiqladi.
Dubai Media Office’ning xabar berishicha, aka-ukalardan to‘ng‘ichi, Dubay valiahd shahzodasi, 36 yoshli shayx Hamdan bin Muhammad Ol Maktum Shayxa bint Said bin Soni Ol Maktum bilan nikoh qurdi.
35 yoshli Shayx Maktum bin Muhammad Ol Maktum esa shayxa Mariam bint Buti Ol Maktumga, 32 yoshli Ahmad bin Muhammad Al Maktum shayxa Midya bint Dalmuj Al Maktumga uylangan.
Ma'lum qilinishicha, shariatga ko‘ra barcha uch juftlik nikoh shartnomalarini imzolagan 15 maydan boshlab qonuniy nikoh qurgan hisoblanadi, biroq to‘y tantanalari hali oldinda.
Amirliklar ijtimoiy tarmoqlarida shahzodalarning nikoh qurgani haqidagi yangilikdan ko‘ra Dubay valiahd shahzodasining bo‘lg‘usi rafiqasi bilan yoshliklarida tushgan suratlari ko‘proq tahsinga sazovor bo‘lgan.
Mavzuga oid
22:27 / 19.05.2025
Rossiya BAAga salkam 400 kg chuvalchang jo‘natdi
18:41 / 16.05.2025
Suriya Rossiyani Tartus portidan chiqarib yubordi va uni BAAga topshirdi
11:02 / 16.05.2025
Trampning BAAga tashrifi: 1,4 trillionlik va’da va AQSh tashqarisidagi eng yirik AI markazi
03:00 / 08.05.2025