Jahon | 21:53 / 17.05.2019
14998
2 daqiqa o‘qiladi

Internetda maxsus xizmatlarning gumonlanuvchilarni “beso‘naqay” ta'qib qilishi videosi e'lon qilindi 

Internetda huquq-tartibot idoralari xodimlarining gumonlanuvchilarni “beso‘naqay” ta'qib qilishi videosi e'lon qilindi.  

Voqea yuz berayotgan shahar noma'lum, biroq videoni e'lon qilgan foydalanuvchining ta'kidlashicha, videoda Rosgvardiya xodimlari tasvirlangan.  

Videoda maxsus xizmatlar xodimlari “Gazel” avtomobilida pistirmada o‘tirishgani va bir erkak ortidan kuzatuv olib borishayotganini ko‘rish mumkin. Erkak yoniga yana ikki kishi keladi va ular mashinaga o‘tirib ketishayotganda, “Gazel” ularning yoniga kelib, undan maxsus xizmatlar xodimlari tushadi. Biroq gumonlanuvchilar qochishga muvaffaq bo‘lishadi.  

Rosgvardiya vakili Valeriy Gribakinning ma'lum qilishicha, ushbu video “yaxshi sahnalashtirilgan badiiy rolik bo‘lib”, undagi odamlarning idoraga hech qanday aloqasi yo‘q. Uning ta'kidlashicha, Rosgvardiya arxivida bunday operatsiyaning isbotlari topilmagan.

Mavzuga oid