Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Deputat va senatorlarning davlat organlariga so‘rovlari tizimli ravishda bosh vazir huzurida muhokama qilinadi
Bundan buyon deputat va senatorlarning Vazirlar Mahkamasi, davlat organlariga yuboradigan so‘rovlari tizimli ravishda bosh vazir huzurida muhokama qilinadi. Bu haqda deputat Rasul Kusherbayev xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, so‘rovda qo‘yilgan masalalarni hal etish choralarini ko‘rish ustuvor masala sifatida ko‘riladi.
“Yaqinda bosh vazir ishtirokida xuddi shunday muhokama tashkil etilib, deputat va senator so‘rovlariga yetarli darajada e'tibor qilmagan mansabdorlarga choralar ko‘rilgan.
Shuningdek, Vazirlar Mahkamasi, vazirlik va idoralarda deputat va senator so‘rovlarini alohida ro‘yxatga olish va yuritish tizimi yo‘lga qo‘yilibdi hamda so‘rovlarga javob birinchi rahbar tomonidan imzolanishi belgilanibdi. Bu haqida palataning bugungi majlisida bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov ma'lum qildi.
Mana buni hukumat tomonidan xalq vakillarining so‘roviga e'tibor masalasidagi yaxshi progress, desa bo‘ladi.
Bunday yondashuv ayrim huquqni muhofaza qiluvchi organlar uchun ham namuna bo‘lsa ajabmas, degan umid uyg‘onyapti negadir”, - deb yozadi deputat.
Mavzuga oid
11:18 / 23.03.2025
«Chunki puli tugaydi» - Alisher Qodirov saylovdan keyin partiyalar jim bo‘lib qolishi haqida
22:05 / 20.02.2025
Amerikaliklarning 55 foizi Mask qaror qabul qilinishida haddan ortiq ta’sirga ega deb hisoblamoqda
10:21 / 17.01.2025
Bosh vazir boshchiligida moliya institutlari bilan ishlash bo‘yicha favqulodda shtab tashkil qilinadi
15:25 / 13.01.2025