Sport | 09:19 / 20.05.2019
4454
4 daqiqa o‘qiladi

A Seriya. «Yuventus» chempionlikni nishonladi, bronza uchun intriga davom etadi

Yakshanba oqshomida Italiya chempionatida 37-tur doirasida bir qator o‘yinlar bo‘lib o‘tdi.

Markaziy o‘yinlardan biri Turinda, muddatidan oldin chempionlik rasmiylashtirgan «Yuventus» va shu hafta Italiya kubogini qo‘lga kiritgan «Atalanta» o‘rtasida kechdi. Unda 1:1 hisobidagi durang qayd etildi. «Yuve» oxirgi to‘rtta o‘yindan buyon g‘alaba qozona olmay kelmoqda – jamoa bir oy ichida uchta durang va bir mag‘lubiyat qayd etdi.

«Atalanta» esa «Inter»ga yetib oldi va qo‘shimcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha «neradzurri»dan uchinchi o‘rinni olib qo‘ydi. Milanliklar bu turda «Napoli» mehmoni bo‘lib, 1:4 hisobida mag‘lubiyatga uchrashdi.

Shuningdek, «Milan» o‘z uyida «Frozinone»ni yengib (2:0), jadvalda bir kun oldin durang o‘ynagan «Roma»dan o‘zib ketdi va 5-o‘ringa ko‘tarildi. So‘nggi tur oldidan Jyennaro Gattuzo jamoasini 3-o‘rindan faqat bir ochko ajratib turibdi.

Italiya chempionati, 37-tur
19 may
Milan – Frozinone 2:0 (0:0, 2:0)

Gollar: 1:0 – 57 Piontek, 2:0 – 66 Suso.
Milan – Donnarumma, Abate (Konti, 84), Rodriges, Musakko, Romanoli, Borini, Bakayoko (Kutrone, 51), Chalxanoglu, Suso, Kessie, Piontek (Kastilexo, 81).

Napoli – Inter 4:1 (1:0, 3:1)
Gollar: 1:0 – 16 Zelinski, 2:0 – 61 Mertens, 3:0 – 71 Fabian Ruis, 4:0 – 78 Fabian Ruis, 4:1 – 81, penalti Ikardi.
Napoli – Karnezis, Malkyui, Albiol, Kulibali (Luperto, 84), Gulyam, Kalexon, Allan, Zelinski, Fabian Ruis, Milik (Insine, 76), Mertens (Yunes, 80).
Inter – Xandanovich, D`Ambrozio, Miranda, Shkrinyar, Asamoa, Galyardini (Vesino, 58), Brozovich, Politano (Ikardi, 46), Nainggolan, Perishich (Kandreva, 79), Martines.
Ogohlantirishlar: Kulibali (9), Nainggolan (48), Allan (49), Gulyam (90).

Yuventus – Atalanta 1:1 (0:1, 1:0)
Gollar: 0:1 – 33 Ilichich, 1:1 – 80 Manjukich.
Yuventus – Shchensni, Joau Kanselu, Bardzali (Manjukich, 61), Bonuchchi, Aleks Sandro (Bernardeski, 46), Kuadrado, Jan, Pyanich, Matyuidi (Kin, 85), Dibala, Ronaldu.
Chetlatish: Bernardeski (90).

Kevo – Sampdoriya 0:0
Chetlatish: Barba (40, Kevo).

Empoli – Torino 4:1 (1:0, 3:1)
Gollar: 1:0 – 27 Akkua, 1:1 – 56 Yago Falke, 2:1 – 65 Brigi, 3:1 – 70 Di Lorenso, 4:1 – 88 Kaputo.

Parma – Fiorentina 1:0 (0:0, 1:0)
Gol: 1:0 – 80, avtogol Jyerson.

18 may
Udineze – SPAL 3:2 (3:0, 0:2)
Gollar: 1:0 – 5 Samir, 2:0 – 31 Okaka Chuka, 3:0 – 35 Okaka Chuka, 3:1 – 53 Petanya, 3:2 – 59 Valoti.

Jyenoa – Kalyari 1:1 (0:1, 1:0)
Gollar: 0:1 – 40 Pavoletti, 1:1 – 89, penalti Krishito.
Chetlatish: Petssella (90).

Sassuolo – Roma 0:0

20 may
23:30. Latsio – Bolonya

38-tur. 26 may
Fiorentina – Jyenoa
Frozinone – Kevo
Roma – Parma
Sampdoriya – Yuventus
Bolonya – Napoli
Inter – Empoli
Torino – Latsio
SPAL – Milan
Atalanta – Sassuolo
Kalyari – Udineze

Комрон Чегабоев
Tayyorlagan Комрон Чегабоев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid