Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Husiylar Saudiya Arabistoni va BAAdagi yana 300 obektga hujum qilishlarini aytishdi
Yamanning “Ansor Alloh” isyonchi guruhi Saudiya Arabistonidagi markaziy neft quvuriga hujum qilgandan keyin podshohlik hududidagi va qo‘shni BAAdagi hayotiy muhim yana 300 ta strategik obektga hujum qilmoqchi. Bu haqda husiylarga qarashli SABA axborot agentligi xabar berdi.
Yaman mudofaa vazirligidagi manbaning ma'lum qilishicha, Saudiya Arabistonidagi neft quvuriga hujum 300 ta mo‘ljaldan iborat ro‘yxatdagi birinchisi edi.
“Yana 299 ta mo‘ljal qolmoqda. Ular orasida BAA va Saudiya Arabistonidagi harbiy va strategik obektlar bor”, deb xabar berdi axborot agentligi.
O‘tgan hafta Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlanuvchi husiylar dronlar yordamida Saudiya Arabistonidagi neft quvuriga hujum sodir etishdi. Buning oqibatida nasos stansiyalariga shikast yetib, neftning quvurga uzatilishi vaqtinchalik to‘xtab qolgan. Undan avvalroq esa noma'lum kimsalar BAA hududiy suvlarida Saudiya Arabistoniga tegishli 2 ta neft tankeriga hujum qilgan.
Mavzuga oid
07:52 / 28.05.2025
Saudiya Arabistonida Qurbon hayiti 6 iyun kuni nishonlanadi
19:00 / 19.05.2025
Saudiya Arabistoni - jozibador sarguzasht va hashamat mujassamlashgan diyor
22:15 / 14.05.2025
Tramp arablar davrasida. U Falastinni tan oladimi?
22:01 / 13.05.2025