O‘zbekiston | 15:04 / 21.05.2019
41228
2 daqiqa o‘qiladi

Fattoh Shodiyev: «Odamlarga yordam berishga harakat qilyapman»

Foto: KUN.UZ

Toshkent shahrida Moskva xalqaro munosabatlar davlat instituti bitiruvchilarining V forumi bo‘lib o‘tdi. Forumda mazkur oliygoh bitiruvchisi, o‘zbekistonlik tadbirkor Fattoh Shodiyev ham ishtirok etdi. U Uzreport telekanaliga intervyuda talabalik yillari, biznesdagi eng omadli loyihasi va O‘zbekistondagi qanday ijtimoiy loyihalarga investitsiya kiritayotganini aytdi.

«Toshkent shahriga 15 yillik tanaffusdan so‘ng kelganimdan xursandman. Bu borada hazil ham qilib turaman: Toshkentga har 15 yilda kelishni yaxshi ko‘raman. 

Talabalik yillarim juda ajoyib o‘tgan, bu borada menda eng iliq xotiralar qolgan. Men ushbu oliygohda o‘qishni orzu qilardim. Bu dargohda o‘tgan yillarim unutilmas. Ilm-fanni o‘rganishdan to‘xtamasdim, bundan zavqlanardim. Albatta, dam olishni ham bilardik. Talabalik yillarimdagi tanishlarim butun umrlik do‘stlar bo‘lib qolishdi.

Biznesda muvaffaqiyatli loyihalarim ko‘p. Eng omadlisi Eurasian Resources Group (ERG) kompaniyasi, deb hisoblayman. 

O‘zbekistonda hozirgi kunda juda ko‘p ijtimoiy loyihalarim bor. Men odamlarga yordam berishga harakat qilyapman. Shodiyev Fondi ham aynan shu bilan shug‘ullanadi. Loyihalar orasida Sirdaryo, bolalar ta'limi bilan bog‘liqlari bor. Umuman olganda, men o‘zim haqimda gapirishni yoqtirmayman», - dedi Fattoh Shodiyev intervyuda.

Mavzuga oid