Jamiyat | 11:04 / 21.05.2019
14772
3 daqiqa o‘qiladi

Jizzax viloyati prokuraturasi Dashtoboddagi maktab haqidagi maqolaga munosabat bildirdi

Jizzax viloyati prokuraturasi Kun.uz saytida e'lon qilingan, Jizzax viloyati, Zomin tumani, Dashtobod shaharchasidagi 50-umumta'lim maktabidagi holat tasvirlangan «Zomindagi 50 yilcha avval bunyod etilgan 50-maktab tobora to‘kilib bormoqda: mas'ullar sukutda» sarlavhali maqola yuzasidan ma'lumot berdi.

«Jizzax viloyati, Zomin tumani, Dashtabod shaharchasida joylashgan tuman xalq ta'limi bo‘limiga qarashli 50-son umumta'lim maktabi to‘g‘risida «Zomindagi 50 yilcha avval bunyod etilgan 50-maktab tobora to‘kilib bormoqda: mas'ullar sukutda» nomli «kun.uz» ijtimoiy tarmog‘idagi maqola e'lon qilingan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 20 fevraldagi «Obod qishloq» dasturini 2019 yilda amalga oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-4201-sonli Qaroriga asosan joriy yilda Zomin tumanidagi 50-sonli umumta'lim maktabi kapital ta'mirlanishi belgilangan.

Buning uchun viloyat hokimligi yagona buyurtmachi xizmati injiniring kompaniyasi bilan «Hirot Servis» xususiy korxonasi o‘rtasida maktab binosini kapital ta'mirlash uchun 1.458.394.000 so‘mlik shartnoma imzolangan bo‘lib, maktab binosini foydalanishga topshirish muddati 25.08.2019 yil etib belgilangan.

Hozirgi kunda «Hirot Servis» xususiy korxonasi tomonidan mazkur maktabda qurilish-ta'mirlash ishlari boshlangan bo‘lib, binoning tom qismini almashtirish va pardozlash ishlari amalga oshirilmoqda.

Bundan tashqari, «kun.uz» ijtimoiy tarmog‘idagi ushbu maqolada aks ettirilgan maktab binosining xonalari haqiqatan ham ta'mirtalabligi aniqlangan bo‘lib, biroq o‘quvchilar uchun dars mashg‘ulotlariga mo‘ljallangan stol-stullar mavjud emasligi aniqlandi.

Viloyat prokuraturasi tomonidan mazkur maktab binosining ta'mirlanishi alohida nazoratga olindi va amalga oshirilgan ta'mirlash ishlari yakuni bo‘yicha batafsil axborot taqdim etiladi», deyiladi Jizzax viloyati prokuraturasi xabarida. 

Mavzuga oid