Prezident farmoni: O‘zbekiston–Amirliklar investitsiya kompaniyasi 10 yil muddatga soliqlardan ozod qilindi
O‘zbekiston–Amirliklar investitsiya kompaniyasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida Prezident farmoni qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.
Joriy yilning 24 martida ustav kapitali 10 mln dollar bo‘lgan, mas'uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi O‘zbekiston–Amirliklar investitsiya kompaniyasi tashkil etilgan bo‘lib, uning ustav fondi bosqichma-bosqich 1 mlrd dollarga yetkazilishi nazarda tutilgan.
Mazkur kompaniya kapitalini shakllantirishda Abu Dabi rivojlanish jamg‘armasi (BAA) ulushi 75 foizni hamda Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi (O‘zbekiston) ulushi 25 foizni tashkil qiladi.
Farmonga muvofiq, Kompaniya va uning ta'sischilari 10 yil muddatga daromad solig‘i, mol-mulk solig‘i, yer solig‘i, mol-mulk va aktivlarni realizatsiya qilishda qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilindi.
Kompaniyada ishlashga jalb etilgan xorijiy mutaxassislar va ularning oila a'zolariga davlat boji undirilmasdan ko‘p martalik vizalar beriladi.
Mavzuga oid
19:05 / 26.11.2024
Namanganda flyuorit toshini qayta ishlash yo‘lga qo‘yilishi mumkin
10:15 / 23.11.2024
Toshkentda uy-joyga investitsiyalar daromadliligi tushib bormoqda
21:33 / 22.11.2024
Xitoy Surxondaryodagi mis va kumush konlariga 2,7 milliard dollar investitsiya taklif qilmoqda
20:29 / 22.11.2024