Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zelenskiy "Kvartal 95" studiyasi asoschisini Ukraina xavfsizlik xizmati boshlig‘i o‘rinbosari etib tayinladi
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy "Kvartal 95" studiyasi asoschilaridan biri Ivan Bakanovni mamlakat xavfsizlik xizmati rahbarining o‘rinbosari va korrupsiya hamda uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash bosh boshqarmasi boshlig‘i etib tayinladi.
Yurist Ivan Bakanov "Kvartal 95" studiyasining asoschi va rahbarlaridan biri hisoblanadi, u shuningdek, Zelenskiyning saylovoldi shtabi boshlig‘i va "xalq xizmatchisi" partiyasining ta'sischisidir.
Zelenskiy avvalroq saylovlar vaqtida yuridik masalalar bo‘yicha maslahatchilik qilgan Andrey Bogdanni prezident ma'muriyati rahbari etib tayinlagandi. "Studiya "Kvartal 95" kompaniyasi prodyuseri bo‘lib ishlagan Sergey Trofimovni esa unga birinchi o‘rinbosar etib tayinladi.
Bundan tashqari, "Kvartal 95" studiyasi ssenariynavisi Yuriy Kostyuk, Zelenskiyning saylovoldi videolari muallifi Kirill Timoshenko ham prezident ma'muriyatidan o‘rin oldi.
Mavzuga oid
14:52 / 21.05.2025
Zelenskiy: Rossiya urushni davom ettirish uchun vaqtni cho‘zmoqchi
08:24 / 20.05.2025
Zelenskiy qurolli kuchlarni Ukraina hududlaridan olib chiqish imkoniyatini rad etdi
22:39 / 18.05.2025
Zelenskiy Vatikanda Vens, Rubio va yangi Rim papasi bilan uchrashdi
22:32 / 18.05.2025