Sport | 01:10 / 23.05.2019
27829
2 daqiqa o‘qiladi

FIFA Qatardagi jahon chempionatida ishtirokchilar soni oshirilmasligini e'lon qildi

Foto: Getty Images

FIFA Qatarda 2022 yilda o‘tadigan futbol bo‘yicha jahon chempionatida avvalgidek 32 terma jamoa ishtirok etishini e'lon qildi. Ya'ni, avval taxmin qilinganidek, qatnashuvchi terma jamoalar soni 48taga yetkazilmaydigan bo‘ldi.

Bunga sabab — Qatarning birorta qo‘shnisi turnir o‘yinlarini o‘zida qabul qilish imkoniyatiga ega emasligidir. Qatarning o‘zi stadionlarga bo‘lgan talablar pasaytirilsagina kengaytirilgan turnirni qabul qilishini bildirgan edi. Ya'ni turnir FIFA tomonidan tasdiqlangan 8ta stadiondagina emas, agar FIFA stadionlarning sig‘imiga bo‘lgan talabni 20.000 gacha kamaytiradigan bo‘lsa, yana to‘rtta yangi stadionda o‘tkazish masalasi ko‘rib chiqilayotgan edi.

Lekin FIFA mezonlarni o‘zgartirmadi, binobarin Jahon kubogi qatnashchilari tarkibi kengaytirilmaydigan bo‘ldi va 5 iyun kuni bo‘lib o‘tadigan FIFAning navbatdagi kongressida hech qanday taklif ko‘rib chiqilmaydi.

Shu bilan birgalikda, Infantino 2026 yilda ishtirokchilar soni 48ta bo‘lishini ta'kidlagan.

Jahon chempionatida 1998 yildan buyon 32 terma jamoa ishtirok etib kelmoqda, ungacha ishtirokchilar soni 24ta bo‘lgan.

Mavzuga oid