Iqtisodiyot | 16:49 / 23.05.2019
30435
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston avtomobil sanoatida monopoliyani qanday yo‘qotish mumkin? Iqtisodchi fikri 

Foto: Asia-Plus

Iqtisodchi Yuliy Yusupov O‘zbekistonda avtomobillar ishlab chiqarish bo‘yicha yangi korxonalarni tashkil etish yuzasidan o‘z fikrini bildirdi.

«Rostini aytganda, O‘zbekiston avtomobil bozorida raqobatni rivojlantirish haqida gapirishayotganda asosan yangi korxonalar tashkil qilishni nazarda tutishlari men uchun tushunarsiz. 

Bu katta xato. Biz yana bir nechta ishlab chiqaruvchilarga bardosh bera olmaymiz! Ular bizga kerak emas! Bu sohada ko‘lam va miqyos effekti har qanday boshqa joydan kuchli ishlaydi: kichik hajmdagi sotuvlarga ega bo‘lgan ishlab chiqaruvchilarda muqarrar ravishda yuqori tannarx bo‘ladi», - deya ta'kidlab o‘tdi u.

Iqtisodchining fikriga ko‘ra, ushbu bozorda monopoliyani yo‘q qilish uchun import bo‘yicha bojxona to‘lovlarini «oqilona» darajaga tushirish kerak. Shunda iste'molchilar tanlovga, avtomobilsozlik raqobatchilarga, budjet esa bozordan daromadlarga ega bo‘ladi (hozirda importning juda kam miqdorlari tufayli deyarli to‘lanmayotgan bojxona to‘lovlari).

«Faqat qimmatbaho ehtiyot qismlar va avtomobillar sotuvi uchun «shapkalar» orqali pul orttirayotgan korrupsionerlar, shuningdek, raqobatli ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ya olmaydigan samarasiz menejyerlargina yutqazadi», - deya hisoblaydi u.

Avvalroq, Yuliy Yusupov Kun.uz’ga O‘zbekiston avtomobilsozlik sanoatini qanday qilib raqobatbardosh qilish mumkinligini aytgandi

Mavzuga oid