Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rasman: Superliga klublarining futbolchi va murabbiylar oldida qarzi qolmadi
Superliga jamoalarining futbolchi va murabbiylar oldida qarzi qolmadi. Bu haqda PFL tashkilot rasmiy saytida e'lon qildi: «PFL klublarning sobiq futbolchi hamda murabbiylari oldida qarz majburiyati bo‘lmasligi masalasiga juda jiddiy e'tibor qaratib kelmoqda.
O‘tgan vaqt mobaynida bir qator futbolchi hamda murabbiylar ilgari faoliyat olib borgan klublar ularga maosh yoki mukofot puli bo‘yicha qarzga egaligi bo‘yicha murojaat qildi. PFL bu kabi muammolarni hal etish masalasini jiddiy nazoratga oldi.
Natijada mavsum boshidan buyon qator klublar o‘z sobiq futbolchi va murabbiylarining hisob raqamlariga to‘lanishi lozim bo‘lgan summalarni o‘tkazib bera boshlashdi.
Ayni damga kelib O‘zPFLga Superliga klublarining maosh yoki mukofot puli bo‘yicha qarzdorlik masalasi yuzasidan kelib tushgan ariza egalarining barchasi bilan klublar hisob-kitobni amalga oshirdi va bu borada muammoga ega klub qolmadi»,- deyiladi PFLning rasmiy bayonotida.
Superliganing ko‘plab klublari futbolchi va murabbiylardan qarzdorligi bo‘lgani bois muammoga duch kelishayotgandi. Ayniqsa «Buyodkor»ning Sergey Lushchan oldidagi qarzdorligi klubni qiynab qo‘ygandi.
Lushchan «Bunyodkor»dan 800 millionlab pul talab qilgan, lekin sudda bu summa kamaygandi. Lushchanning qarzini to‘lamagani bois «Bunyodkor»ga tegishli bo‘lgan «Milliy» stadionidagi xonalar MIB xodimlari guvohligida yopib qo‘yilgandi. PFLning bayonotidan kelib chiqadiki, «Bunyodkor» Lushchanning oldidagi qarzdorlikdan qutulgan.
Mavzuga oid
14:08 / 14.04.2025
«Paxtakor» yana yutqazdi, peshqadam yana o‘zgardi
14:40 / 07.04.2025
«Paxtakor» «So‘g‘diyona»ga ham yutqazdi, «Bunyodkor» birinchi o‘rinda
11:55 / 11.12.2024
Berdiyev - Superliganing eng yaxshi murabbiyi, Mozgovoy - eng yaxshi futbolchi
17:43 / 30.11.2024