Jamiyat | 12:40 / 24.05.2019
22323
4 daqiqa o‘qiladi

Baxsiz hodisa tufayli falaj bo‘lib qolgan samarqandlik mushtipar qizga yordam kerak

Samarqand shahrining Kimyogarlar qo‘rg‘onida baxsiz hodisa tufayli nogiron bo‘lib, to‘shakka mixlanib qolgan bir mushtipar qiz onasi bilan ijara uyida istiqomat qilib kelmoqda. 26 yoshga qadam qo‘ygan Gulruh Bozorova o‘sha mash'um kungacha go‘zallik salonida ishlardi.

Video: Youtube

 Video: Mover (tas-ix)

2017 yilning 29 avgustida u ko‘p qavatli uyning 4-qavatida joylashgan uyning tashqi derazasini artayotgan chog‘ida pastga qulagan. Qizgina tirik qolgan, lekin umurtqa pog‘onasi sinib, endi uning qo‘l-oyoqlari ishlamayapti.

Uning sezgilari to‘liq o‘lgan emas. Oyoqlari unga bo‘ysunmasdan bukilib, harakatlanib turadi. Gulruh bir necha bor shifokorlar ko‘rigida bo‘lgan va xulosalarga ko‘ra u Hindistonda jarrohlik operatsiyasi o‘tashi kerak. Agar o‘sha operatsiya muvaffaqiyatli kechsa, uning to‘liq tuzalib ketishiga umid bor.

Biroq ayni paytda Gulruh hatto mustaqil ovqatlana olmaydi. Unga onasi doimo hamrohlik qiladi.

Onasi Muqaddam Rajabovaning hikoya qilib berishicha, turmush o‘rtog‘i bilan 1997 yilda ajrashib ketgan. Farzandlarini yolg‘iz o‘zi ulg‘aytirgan. Bir o‘g‘li alohida oilasi bilan yashaydi. Qizi bilan bu mash'um ko‘rgulik yuz berganida u Rossiyada mehnat qilayotgan edi…

Onasi Rossiyadan qaytib kelgach, qizini Toshkentga — hindistonlik shifokorlar ko‘rigiga olib borgan:

Hindlar operatsiya xarajatlariga qancha pul ketishini ham taxminan aytishgan. Operatsiyaga taxminan 9,5 ming AQSh dollari, Hindistonga borish-kelish xarajatlariga yana 1,5 ming AQSh dollari ketadi.

Guvoh bo‘ldingiz, orzulari bir olam qiz bir baxsiz hodisa tufayli nogiron bo‘lib, to‘shakka mixlanib qolgan. Faqatgina ko‘pchilikning yordami bilan u to‘laqonli hayotga qaytishi mumkin.

Kun.uz Gulruh Bozorova Hindistonda operatsiya qilinishi uchun xayriya aksiyasini boshlaydi. Ko‘nglida ezgulik cho‘g‘i bo‘lgan hamyurtlarimizdan bu jabrdiyda mushtipar qizga yordam qo‘lini cho‘zishingizni so‘rab qolamiz.

SBERBANK:
4276 7214 4028 1129. 
04/21
MUKADAM RAJABOVA [ONASI]

PayMe/Click orqali pul ko‘chiruvchilar uchun UzCard:

8600 0424 0177 7973 (Onasi: Muqaddam Rajabova nomida)

ATB Agrobank Samarqand viloyati Hududiy filiali.

MFO: 00279. STIR: 201208366

Naqd pul topshirganda: 23116840900000279001

Mijoz arizasiga asosan kartadan kartaga pul o‘tkazilganda: 23118000000000279001

Boshqa tashkilotlardan kelib tushgan mablag‘lar tranziti: 23120000600000279001

Shuhrat ShOKIRJONOV tayyorladi.


Hurmatli "UZCARD" kartochka egalari! "UZCARD" tizimi sizni ogohlantiradi!

Hech kimga va har qanday vaziyatda plastik kartangizga taalluqli ma'lumotlarni, ayniqsa telefon raqamingizga kiruvchi SMS xabarlarni (masalan, To'lovni tasdiqlash kodi: 123456. Kodni hech kimga bermang" yoki "Kod oplati. Nikomu ne soobshayte etot kod. 123456") oshkor qilmang. Sizga yordam pulini plastik kartochkasidan o‘tkazib berayotgan noma'lum shaxs telefon orqali murojaat qilib mobil telefoningizga kelib tushayotgan SMS — kodlar to‘g‘risidagi ma'lumotlarni bilmoqchi bo‘layotganini sezgan bo‘lsangiz, bilingki ushbu shaxs firibgarlik yo‘li bilan kartochka hisob raqamingizdagi pul mablag‘larini o‘g‘irlashga urinmoqda. Agar karta hisob raqamingizdan pul mablag‘lari o‘g‘irlanayotganini sezgan bo‘lsangiz darhol kartochkangizni olgan bankingizga kartani bloklash uchun murojaat qilishingiz yoki ushbu amaliyotni bevosita o‘zingiz mobil yoki veb ilovada bajarishingiz mumkin.

Mavzuga oid