Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Manchester Siti» Gvardiolaning «Yuventus»ga ketishi haqidagi xabarni rad etdi
«Manchester Siti» jamoa bosh murabbiyi Xosep Gvardiola «Yuventus»ga ishga o‘tayotgani haqidagi xabarlarni rad etdi. Bu haqda klub rasmiysi Alberto Galassiga asoslanib, Sky Sport Italia xabar bermoqda.
«Direktorlar kengashi a'zosi sifatida bu haqda yangilikni o‘qib hayron bo‘ldim. U – klubimiz murabbiyi va u jamoamizda qolishni xohlaydi. U haqda yozilgan gaplar – yolg‘on.
Har qanday jiddiy klub birinchi navbatda murabbiyning klubi bilan bog‘lanadi. Gvardiolaning «Yuventus» bosh murabbiyi etib tayinlanishiga bir necha kun qolganida «Siti»ning bu haqida bilmasligi – be'manilik. Bu xabar asosga ega emas.
Klub Gvardiola «Manchester Siti»dan ketmoqchi emas, deb qayta-qayta ta'kidlashiga zarurat bormikan, shuni tushuna olmayapmiz. Kun tartibida bunday masala mavjud emas», – dedi Galassi.
Bugun Italiyaning RAI Sport telekanali o‘z manbasiga iqtibos keltirgan holda Gvardiola 4 iyun kuni «Yuve» bilan shartnoma imzolashi, 10 kundan keyin esa bosh murabbiyi sifatida jamoatchilikka tanishtirilishi haqida ma'lumot tarqatdi.
Xabarda 48 yoshli mutaxassis turinliklar jamoasi bilan 4 yillik shartnoma tuzishi va yiliga 24 million yevro miqdorida maosh olishi aytilgan edi.
Eslatib o‘tamiz, Gvardiola «Manchester Siti»da 2016 yil yozidan buyon ishlab kelmoqda. «Yuventus» esa 17 may kuni 5 yildan buyon bosh murabbiy lavozimini egallab kelgan Massimiliano Allegri bilan hamkorlik to‘xtatilishini e'lon qildi.
Mavzuga oid
15:21 / 02.03.2025
Gvardiola: «Husanov sotib olinganidan juda ham minnatdorman»
16:32 / 22.02.2025
«Manchester Siti» «Liverpul»ga qarshi, «Chelsi» va «Bavariya»da ham jiddiy sinov. Hafta o‘yinlari anonsi
13:39 / 16.02.2025
Pepdan maqtov, Holandni ortda qoldirdi va g‘alabali seriya – Husanov «Siti»dagi ilk 90 daqiqani qanday o‘tkazdi?
11:47 / 16.02.2025