Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Davlat tijorat sektoridagi ishtirokini kamaytirishda davom etadi
Bu prezidentning 2019 yil 21 maydagi PQ-4325-son qarorida nazarda tutilgan, deb yozmoqda Norma.
Joriy holatni o‘rganish shuni ko‘rsatdiki, davlat ishtirokidagi korxonalar va banklar ishidagi asosiy muammolar - past rentabellik, ba'zan sezilarli zarar ko‘rish. Bunga sabab - resurslarga xarajatlarning ortib borayotganligi hamda o‘zlari ishlab chiqarayotgan tovarlar va ko‘rsatayotgan xizmatlarning narxlari va tariflarini tartibga solish mexanizmlari takomillashmaganligi. Bunday sub'yektlardagi boshqaruv tuzilmasi ular faoliyatining samaradorligini oshirish uchun real stimullarga ega emas, deya qayd etiladi hujjatda.
Vaziyatni o‘nglash uchun Moliya vazirligi davlat ishtirokidagi korxonalar va banklarni restrukturizatsiya va isloh qilishni muvofiqlashtiruvchi etib belgilandi. Shu munosabat bilan idoraga qo‘shimcha funksiyalar yuklatildi, ularning bir qismi Markaziy bank, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, boshqa davlat organlari bilan yaqin hamkorlikda amalga oshiriladi.
Shuningdek, vazirlik tuzilmasi ham o‘zgardi, jumladan, quyidagilar tashkil etildi:
• Tarif siyosati va davlat korxonalarini isloh qilish bosh boshqarmasi (Sanoatning bazaviy tarmoqlari, yoqilg‘i-energetika majmui va geologiyani rivojlantirish moliyasi va tarifni tartibga solish bosh boshqarmasi negizida);
• Davlat ishtirokidagi tijorat banklarini isloh qilishni muvofiqlashtirish boshqarmasi.
Hujjat bilan nazarda tutilgan vazifalar qismida Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Vazirlar Mahkamasining Makroiqtisodiy tahlil, tarkibiy o‘zgartirishlar, moliya-bank tizimi va xususiy tadbirkorlik masalalari kotibiyatiga biriktirildi. Biroq ilgarigidek bevosita prezident va bosh vazirga bo‘ysunadi va hisobot beradi.
Hujjat 22.05.2019 yildan kuchga kirdi.
Mavzuga oid
19:03 / 16.12.2024
Mahalla bankirlari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi
10:41 / 30.11.2024
Bankdagi tanishlari orqali tadbirkorga 10 mlrd so‘m ajratib berishini aytgan shaxslar ushlandi
08:51 / 29.11.2024
Banklar balansidagi issiqxona va sexlar tadbirkorlarga berilishi mumkin
09:59 / 23.11.2024