Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rustam Madumarovga tegishli yana bir mulk – «Perfectum» savdoga qo‘yildi
O‘zbekistonda "Rubicon Wireless Communication" MChJ ko‘chmas mulki sotuvga qo‘yildi. Qarzdor Rustam Madumarov, deb yozmoqda O‘zA.
Toshkent shahrida joylashgan "Rubicon Wireless Communication" MChJ (Perfectum) mamlakatda uyali aloqaga xizmat ko‘rsatadigan yirik tadbirkorlik sub'yektlaridan edi.

Ochiq auksion narxni tushirib borish yo‘li bilan, demping usulida o‘tkazilishi ko‘rsatilgan savdoda mazkur mulkning boshlang‘ich narxi 205.587.016.500.00 so‘m etib belgilangan.

“Rustam Madumarovga tegishli bo‘lgan mulk – yagona elektron savdo maydonchasida Toshkent shahrida joylashgan yirik firma – «EDEL VEYS-ALI» mas'uliyati cheklangan jamiyati fondidagi yuz foiz ulushi, debitor-kreditorlari va boshqa turdagi barcha mol-mulklari bilan auksionga qo‘yilgan edi”, - deyiladi xabarda.
Ma'lumotlarga ko‘ra, Rustam Madumarov Gulnora Karimovaning fuqaroviy eri ekani aytiladi.







Mavzuga oid
09:00 / 25.06.2024
Perfectum e& bilan O‘zbekiston telekommunikatsiya ekotizimini raqamlashtirish va transformatsiya qilish uchun hamkorlik haqida bitim tuzdi
14:38 / 15.03.2024
Perfectum xususiylashtirilgani ma’lum bo‘ldi
19:31 / 05.03.2024
Perfectum va Nokia O‘zbekistonda 5G tarmog‘ini ishga tushirish bo‘yicha shartnoma imzoladi
08:55 / 01.12.2023