Taniqli aktyor Bahrom Matchonov 17 yildan keyin AQShdan O‘zbekistonga qaytdi
Taniqli o‘zbek aktyori Bahrom Matchonov 17 yildan keyin AQShdan O‘zbekistonga qaytdi. Bu haqda bir qator OAV ma'lum qildi.
Matchonov o‘z vaqtida “Kichkina tabib”, “Shaytanat” va “Ona” filmlaridagi rollari evaziga mashhurlikka erishgan. U oxirgi 17 yil davomida AQShda yashagan.
“Men AQShga 2002 yilda ketganman. O‘shanda teatrimizda katta inqiroz bo‘lgan. O‘zbekistonda 2000 yildan keyin filmlar ishlab chiqarilishi keskin qisqargan. O‘shanda AQShga ketishimga to‘g‘ri kelgan. Men o‘z farzandlarimga yaxshi ta'lim berishim va oilamni boqishim kerak edi. AQShga hech narsasiz ketganman va hattoki inglizchani bilmasdim”, deb aytgan aktyor intervyu vaqtida.
Matchonov O‘zbekistonga mamlakatdagi o‘zgarishlarni ko‘rgach qaytishga qaror qilgan. Uning aytishicha, u rejissyor Jahongir Qosimovning “Ibrat” filmida rol olgan.
Bahrom Matchonovning qizi taniqli rossiyalik teatr va kino aktrisasi Ravshana Kurkova bo‘lib, u “Barvixa”, “A u nas vo dvore” seriallaridagi rollari orqali tanilgan. Ravshana Bahromovna Kurkova (qizlik familiyasi Matchonova) 1980 yil 22 avgustda Toshkentda tug‘ilgan. Uning butun oilasi san'at olami bilan bog‘langan. Otasidan tashqari onasi Ra'no Kubayeva ham kinoaktrisa va rejissyor, tog‘asi Rauf Kubayev rejissyor va ssenariynavis hisoblanadi.
Mavzuga oid
16:42 / 11.11.2024
Kreml Putin va Tramp telefonda suhbatlashganini rad qildi
14:42 / 11.11.2024
Amerikaning kruiz kompaniyasi Tramp siyosatidan qochishni istaganlar uchun dunyo bo‘ylab 4 yillik sayohat taklif qilmoqda
13:30 / 10.11.2024
Tramp yutsa urushni bir sutkada to‘xtatishni va’da qilgandi. U yutdi - xo‘sh?
23:26 / 09.11.2024