Jahon | 16:50 / 26.05.2019
13543
1 daqiqa o‘qiladi

Reuters: Turkiya Suriyadagi isyonchilarga qurol yetkazib berishni ko‘paytirdi

Foto: Getty Images

Turkiya Suriyadagi isyonchilarga qurol yetakazib berishni ko‘paytirdi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda. Manbada aytilishicha, Turkiya Rossiya bilan muzokaralardan so‘ng shunday qarorga kelgan. Turkiya tomon Rossiyani Suriya hukumat kuchlariga Idlibga kirish uchun yordam berishni bas qilishga ko‘ndira olmagach, shunday qarorga kelgan, deyiladi xabarda.

Suriya muxolifotchi kuchlarining rahbarlaridan biri Reuters'ga Turkiya tomonidan harbiy ko‘makning ortganini ma'lum qilgan. Bunga Rossiya ko‘magidagi hukumat kuchlarining bosimi ortgani sabab bo‘lgan. Idlibdagi vaziyatning tarangligicha qolayotgani Turkiya uchun yaxshi oqibatlarga olib kelmayapti, chunki buning oqibatida Turkiyada qochoqlar oqimi ko‘paymoqda.

Rasmiy Anqara bu ma'lumotlarga izoh bermagan, lekin Turkiya Suriyaning o‘zi bilan chegara qismlarida o‘z nazoratini o‘rnatmoqchi ekanini rad etgani ham yo‘q.

Ўткир Жалолхонов
Tayyorlagan Ўткир Жалолхонов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid