Sport | 01:07 / 26.05.2019
11769
1 daqiqa o‘qiladi

Xokkey. Rossiya jahon chempionati finaliga chiqolmadi, Kanada va Finlyandiya bosh sovrin uchun kurashadi

Foto: Chempionat

Slovakiyada o‘tkazilayotgan xokkey bo‘yicha jahon chempionatida yarimfinal o‘yinlari yakunlandi.

Rossiya milliy jamoasi Finlyandiya bilan bellashib, 0:1 hisobida yutqazdi. Kanada esa Chexiya qarshiligini osonlikcha sindira oldi – 5:1. 

Endi Finlyandiya va Kanada finalda, Rossiya va Chexiya uchinchi o‘rin uchun bahsda to‘qnash kelishadi.

Xokkey bo‘yicha jahon chempionati 
Slovakiya – 2019
Yarimfinallar
25 may

Rossiya – Finlyandiya – 0:1 (0:0, 0:0, 0:1)
Gol: 0:1 – 50 Anttila (Kiviranta, Yokixaryu) 

Kanada – Chexiya – 5:1 (1:0, 2:0, 2:1)
Gollar: 1:0 – 5 Stoun (Stecher) 
    2:0 – 20 Ners (Kutyure) 
    3:0 – 25 Dyubua (Stoun, Marshesso) 
    4:0 – 46 Terris (Manta) 
    5:0 – 53 Shabo (Stroum, Xenrik) 
    5:1 – 54 Zoxorna

3-o‘rin uchun bahs
26 may
Rossiya – Chexiya 

Final
26 may 
Finlyandiya – Kanada

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid