Sport | 19:08 / 27.05.2019
5277
3 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonlik chavandozlar Jahon kubogining Markaziy Osiyo ligasida 13 ta medal olishdi

Foto: Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati

Qirg‘izistonning Bishkek shahrida 24-26 may kunlari bo‘lib o‘tgan ot sporti bo‘yicha Jahon kubogining Markaziy Osiyo ligasida O‘zbekiston terma jamoasi vakillari 4 ta oltin, 5 ta kumush va 4 ta bronza medallarini jamg‘arishdi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Musobaqaning yakunlovchi kunida asosiy yo‘nalishdagi oltin va bronza medallari G‘ayrat Nazarov hamda Umid Komilovga nasib etdi. 

O‘zbekistonlik sportchilar musobaqada quyidagi natijalarni qayd etishdi:

Konkur N 1 (tezkor) – To‘siqlar balandligi – 130 sm.
1. Yerjan Korabay (Qozog‘iston)
2. Abdurahmon Abdullayev (O‘zbekiston)
3. Ibrohim Shokirov (O‘zbekiston)

Konkur N 2 (ikki to‘siq) – To‘siqlar balandligi – 120-130 sm.
1. Saidamirxon Turg‘unbayev (O‘zbekiston)
2. Oqil Sobirjonov (O‘zbekiston)
3. Bekzod Qurbonov (O‘zbekiston)

Konkur N 3 Millatlar kubogi (jamoaviy) – to‘siqlar balandligi – 120-130 sm.
1. O‘zbekiston (Saidamirxon Turg‘unboyev, Abdurahmon Abdullayev, G‘ayrat Nazarov, Oqil Sobirjonov)
2. Qirg‘iziston
3. Qozog‘iston

Konkur N 4 – To‘siqlar balandligi – 140 sm.
1. Aleksandr Tishkov (Qozog‘iston)
2. Kamil Sabitov (Qirg‘iziston), Saidamirxon Turg‘unboyev va Oqil Sobirjonov (O‘zbekiston, uch ishtirokchida bir xil natija)

Konkur N 5 – To‘siqlar balandligi – 120 sm.
1. Temur Azizov (O‘zbekiston)
2. Saidamirxon Turg‘unboyev (O‘zbekiston)
3. Bekzod Qurbonov (O‘zbekiston)

Konkur N 6
FEI World Cup GranPrix – To‘siqlar balandligi – 140-160 sm.
1. Gayrat Nazarov (O‘zbekiston)
2. Kamil Sabitov (Qirg‘iziston)
3. Umid Komilov (O‘zbekiston)

Musobaqada sportchi sifatida ishtirok etgan O‘zbekiston zamonaviy beshkurash federatsiyasi raisi Bahromjon Gaziyev safar davomida Qirg‘iziston beshkurash federatsiyasi bilan o‘zaro hamkorlik borasida memorandum imzoladi.

Mavzuga oid