O‘zbekiston | 10:55 / 29.05.2019
10466
3 daqiqa o‘qiladi

Daraxtlarni g‘ayriqonuniy ravishda kesgan fuqarolar endi 2 mln so‘m jarimaga tortiladi

Foto: KUN.UZ

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga hamda O‘zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonunni imzoladi. Hujjat matni “Xalq so‘zi online” tomonidan e'lon qilindi.

Qonun bilan O‘zbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan 2015–XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi:

79-modda (Daraxtlar, butalar, boshqa o‘rmon o‘simliklari va nihollarni g‘ayriqonuniy ravishda kesish, shikastlantirish yoki yo‘q qilish):

birinchi qismining (Daraxtlar, butalarni, boshqa o‘rmon o‘simliklari va nihollarni g‘ayriqonuniy ravishda kesish, shikastlantirish yoki yo‘q qilish) sanksiyasidagi «uchdan bir qismidan bir baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – bir baravaridan uch baravarigacha» degan so‘zlar «besh baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha» degan so‘zlar bilan almashtirildi. Ya'ni, endi daraxtlarni g‘ayriqonuniy ravishda kesgan fuqarolar 2 027 300 so‘m, mansabdor shaxslar esa 3 040 950 so‘m jarimaga tortiladi.

Shuningdek, ushbu modda ikkinchi qismining (Xuddi shunday huquqbuzarliklar ma'muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa) sanksiyasidagi «bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – uch baravaridan yetti baravarigacha» degan so‘zlar «o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – o‘n besh baravaridan yigirma baravarigacha» degan so‘zlar bilan almashtirildi;

80-moddaning (O‘rmonlarni tiklash qoidalarini buzish) sanksiyasidagi «bir baravaridan uch baravarigacha» degan so‘zlar «o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha» degan so‘zlar bilan almashtirildi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid