Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Obama Messining muvaffaqiyatsizliklariga izoh berdi
AQSh sobiq prezidenti Barak Obama Argentina milliy jamoasi hujumchisi Lionel Messi haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Hatto biz daho deb hisoblaydigan odamlar ham o‘z uslubini ishlab chiqish uchun boshqa odamlar bilan birga ishlaydi. Argentina juda zo‘r Messiga ega bo‘lsa-da, jahon chempionatida g‘alaba qozonolmayapti. Salvador Dalini eslang. U ko‘p narsani Jorj Brakdan o‘rgangan. Men yoshlarga maslahat bermoqchiman – kamdan kam odam buyuk ishlarni yolg‘iz qila oladi», – deb Obama so‘zlarini keltirmoqda Sport.es.
Eslatib o‘tamiz, Messi Argentina bilan 4ta turnir finaliga chiqib, biror marta g‘alaba qozonolmagan.
14 iyun – 7 iyul kunlari Braziliyada Amerika Kubogi o‘tkaziladi. Argentina milliy jamoasi V guruhida Kolumbiya, Paragvay va Qatar bilan bellashadi.
Barak Obama 2009 – 2017 yillarda AQSh prezidenti bo‘lgan.
Mavzuga oid
09:59 / 07.11.2024
Sobiq prezident Obama Trampni saylovdagi g‘alabasi bilan tabrikladi
15:50 / 21.08.2024
«Bu kinoni oldin ham ko‘rganmiz». Obama Trampning ikkinchi muddati xavfidan ogohlantirdi
14:59 / 26.07.2024
Barak Obama saylovda Kamala Harrisni qo‘llashini ma’lum qildi
09:34 / 19.07.2024