O‘zbekiston | 08:15 / 29.05.2019
74620
2 daqiqa o‘qiladi

Video: Saida Mirziyoyeva o‘zbekistonliklar o‘zini qiziqtirgan ma'lumotlarni nega xorijiy manbalardan izlashini tushuntirib berdi

Foto: O‘zA

Toshkentdagi “Hyatt Regency” mehmonxonasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan “OAV sohasida milliy qonunchilikni yanada takomillashtirishning dolzarb masalalari” mavzusida respublika konferensiyasi o‘tkazildi.

“Nima uchun matbuot amalda to‘rtinchi hokimiyat darajasiga ko‘tarila olmayapti, degan savolga, ko‘p omillar qatori vazirlik va idora rahbarlarining matbuot kotibi yoki axborot xizmatlariga nisbatan e'tiborsiz munosabatini asosiy sabab qilib ko‘rsatish mumkin.

Ko‘plab davlatlar organlarining veb-saytlari va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari, mobil messenjerlari orqali tezkor axborot tarqatish ishlari oqsamoqda. Bu esa, o‘z navbatida, yurtdoshlarimizni o‘zini qiziqtirgan ma'lumotlarni xorijiy manbalardan izlashga yoki muammoli murojaatlarini chet el ommaviy axborot vositalari orqali chop ettirib, davlat idoralari e'tiborini jalb qilishiga olib kelmoqda.

O‘tkazilgan tahlillar va o‘rganishlar shuni ko‘rsatmoqdaki, 10dan ortiq respublika darajasidagi davlat tashkilotlarida hamda 200ga yaqin tuman va shahar hokimliklarida haligacha axborot xizmatlari faoliyati tashkil etilmagan. Davlat hokimiyati va boshqaruvi, xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda boshqa tashkilotlarning jamoatchilik bilan aloqalarini tubdan takomillashtirish hamda axborot xizmatlari faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorini qabul qilish taklifi ilgari surilmoqda. Unda ilk bor axborot xizmatlarining asosiy vazifalari, vakolatlari, majburiyatlari, matbuot kotiblarining tashkilotdagi o‘rni va maqomi, moddiy-texnik va moliyaviy ta'minoti, shart-sharoitlari, malaka oshirish imkoniyatlari tubdan yaxshilanib, huquqiy kafolatlanmoqda”, - dedi Saida Mirziyoyeva.

Video: Youtube

 

Mavzuga oid