Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Eronning BAA sohillaridagi tankerlarga qilingan hujumga aloqadorligini isbotlamoqchi
AQSh BMT Xavfsizlik kengashida Eronning BAA suvlaridagi to‘rtta tankeriga qilingan hujumga aloqadorligini isbotlash niyatida. Bu haqda AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jon Boltonga tayanib Reuters xabar berdi.
Agentlikning ma'lumot berishicha, Bolton kelgusi haftada dalillar taqdim etilishini aytgan.
Eslatib o‘tamiz, 12 may kuni turli davlatlarga taalluqli to‘rt savdo kemasi Birlashgan Arab Amirliklarining sharqida joylashgan Fujayra bandargohi hududida hujumga duchor bo‘lgan.
Diversiya obektlari bo‘lgan to‘rt kemadan ikkitasi Saudiya Arabistonining neft tankerlaridir.
Mavzuga oid
22:27 / 19.05.2025
Rossiya BAAga salkam 400 kg chuvalchang jo‘natdi
18:41 / 16.05.2025
Suriya Rossiyani Tartus portidan chiqarib yubordi va uni BAAga topshirdi
11:02 / 16.05.2025
Trampning BAAga tashrifi: 1,4 trillionlik va’da va AQSh tashqarisidagi eng yirik AI markazi
03:00 / 08.05.2025