Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Leningrad oblastida qurilish havozalari qulashi oqibatida 4 nafar o‘zbekistonlik migrant jarohat oldi
O‘zbekistonning Sankt-Peterburg shahridagi bosh konsulxonasi bergan ma'lumotga ko‘ra, 2019 yilning 27 may kuni Rossiyaning Leningrad oblasti Priozero tumanidagi qurilish obektida havozalar qulab ketishi natijasida 7 kishi, jumladan 4 nafar O‘zbekiston fuqarosi jarohatlandi.
G‘anisher Toshmamatovich Hasanov (1987 yilda tug‘ilgan) va Sami Hamidovich Qosimov (1970 yilda tug‘ilgan) Leningrad oblasti klinik kasalxonasiga maxsus vertolyotda yetkazilgan. Fazliddin Mirzaraimovich Shomamatov (1992 yilda tug‘ilgan) ham shu kasalxonaga joylashtirilgan.
Mansur Abdurahmonov (1983 yilda tug‘ilgan) Vsevoljsk tumanlararo klinik kasalxonasiga yotqizilgan.
Bosh konsulxona Leningrad viloyatining tegishli organlari bilan aloqa o‘rnatgan hamda mazkur vaziyatni o‘z nazoratiga olgan.
Konsullik-huquqiy departamenti eslatishicha, Rossiyaning Shimoli-g‘arbiy federal okrugi (Arxangelsk oblasti, Kaliningrad oblasti, Kareliya Respublikasi, Komi Respublikasi, Leningrad oblasti, Murmansk oblasti, Nenets avtonom okrugi, Novgorod oblasti, Pskov oblasti, Sankt-Peterburg shahri, Vologda oblasti) hududida joylashgan fuqarolar zarur vaziyatlarda mamlakatning Sankt-Peterburg shahridagi bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqami orqali murojaat qilishlari mumkin: +7-965-029-41-49.
Mavzuga oid
11:28 / 22.05.2025
Bastrikin Mariupolni blokadada bo‘lgan Leningrad bilan taqqosladi
23:26 / 19.05.2025
Rossiyada oilaviy zo‘ravonlik qurboni bo‘lgan ayol va uning uch farzandi O‘zbekistonga qaytarildi
18:19 / 09.05.2025
Jizzaxda fuqaroni Meksika orqali AQShga jo‘natmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
11:05 / 07.05.2025