Jahon | 17:32 / 31.05.2019
12443
1 daqiqa o‘qiladi

Eron prezidenti AQSh taklif qilgan «asr kelishuvi»ni Falastinga qarshi fitna deb atadi

Foto: AFP 2018 / ATTA KENARE

Eron prezidenti Hasan Ruhoniy isroilliklar va falastinliklarni yarashtirish uchun AQSh ilgari surayotgan "asr kelishuvi"ni Falastinning maqsadlarini yo‘q qilishga qaratilgan fitna deb atadi. Bu haqda Eron hukumati saytida e'lon qilingan bayonotda aytiladi.

"Asr kelishuvi – bu Falastinning umidlarini yo‘q qilish, okkupatsiyani kengaytirish va barcha islom davlatlarini tahqirlashga qaratilgan fitna", - deyiladi Ruhoniyning Islom hamkorligi tashkiloti uchrashuvida qatnashayotgan davlatlar rahbarlariga yo‘llangan maktubida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh ishlab chiqayotgan kelishuv xavfli, chunki uning mualliflari falastinliklarning o‘z taqdirlarini o‘zlari belgilash va mustaqil Falastin davlatini barpo etish huquqlaridan mahrum qilishga urinishmoqda.

Avvalroq Falastin Vashingtonning "asr kelishuvi"ga rozi bo‘lmasligi, AQSh va Isroilning tinchlik o‘rnatish borasidagi barcha oxirgi tashabbuslarini rad etishini bildirgandi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid