Jahon | 22:54 / 31.05.2019
11418
3 daqiqa o‘qiladi

Malayziya MH17 reysi halokatining tergovi xulosalari borasida shubha bildirdi

Foto: Rodrigo Reyes Marin / ZumaPress / Globallookpress.com

Malayziya hukumati Malaysia Airlines aviakompaniyasi “Boing”ining 2014 yil yozida Donbassda halokatga uchrashida Rossiya aybdorligining ishonchli isbotini ko‘rmadi. Bunday bayonot bilan Malayziya bosh vaziri Maxatxir Muhammad chiqdi, deb xabar berdi MalayMail nashri.

Malayziya bosh vazirining aytishicha, Niderlandiya hukumati o‘tkazgan tergov natijalariga ko‘ra Malayziya ishonch hosil qilgan yagona narsa yo‘lovchi samolyotini urib tushirgan raketa Rossiyada ishlab chiqariladigan raketa kabi turda ekani bo‘lgan. Muhammad tergovning “bosh versiyasi”, ya'ni halokatda Rossiya qo‘shinlari aybdorligini isbotlangan deb hisoblamasligini aytgan.

“Raketa Ukrainada ham ishlab chiqarilgan bo‘lishi mumkin. Uni ayirmachilar yoki Ukraina hukumati emas, ruslar otganini aytish uchun ishonchli isbotlar zarur. Axir, Ukrainada ham shunday raketalar bor-ku”, deb aytgan siyosatchi.

Malayziya bosh vazirining ta'kidlashicha, samolyot halokatiga intizomsiz askarlar javobgardir, chunki xoynahoy rossiyalik harbiylar yo‘lovchi “Boing”ini harbiy samolyotdan farqlay olgan bo‘lardi.

Muhammadning aytishicha, shubhalarga Malayziyaning ekspertizaga qo‘yilmagani sabab hisoblanadi. Uning ta'kidlashicha, ekspertiza haqiqatni emas, balki Rossiya aybdorligining isbotini topishga qaratilgan bo‘lishi mumkin. 

“Nima uchun bizni tergovdan chetlashtirishganini sababini bilmaymiz, biroq boshidan bunda haddan ko‘p siyosat borligini ko‘rmoqdamiz. G‘oya bu qanday yuz berganini aniqlashdan emas, ko‘rinishicha aybni ruslarga ag‘darishdan iborat”, deb o‘z fikrlarini xulosalagan Malayziya bosh vaziri.

2018 yil mayida tergov guruhi yo‘lovchi samolyoti Rossiya qurolli kuchlarining “Buk” raketasidan urib tushirilgani haqidagi xulosaga kelgan, biroq bunga kim javobgarligini o‘rnata olmagan.

Malaysia Airlines’ning Amsterdamdan Kuala-Lumpurga MH17 reysi bo‘yicha yo‘nalayotgan samolyoti 2014 yil yozda Ukrainaning Donetsk viloyatida halokatga uchragan. Uning bortida bo‘lgan 298 kishining barchasi halok bo‘lgan. Voqeani tergov qiluvchi qo‘shma tergov guruhi tarkibiga Avstraliya, Belgiya, Malayziya, Niderlandiya va Ukraina vakillari kirgan. 

Mavzuga oid