Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nursulton Nazarboyev qayerda dam olishni xush ko‘rishi haqida so‘zladi
Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev qayerda ta'tilni o‘tkazishni xush ko‘rishi haqida so‘zlab berdi.
“Men dunyoning barcha davlatlarida bo‘lganman, 200 dan ko‘proq prezident, olimlar, ekspertlar bilan uchrashganman. Dunyoning barcha go‘zal burchaklarida bo‘lganman. Biroq Qozog‘istondan boshqa yerga, hattoki ta'tilda ketishni istamayman. Chunki bizning Qozog‘istonda hamma narsa bor. Bizning vatanda”, deb aytgan Elboshi Nazarboyev universitet bitiruvchilarini tabriklash marosimida.
Nazarboyev o‘tgan yil atayin turli joylarda bo‘lib ko‘rganini aytgan.
“Qozog‘istonliklar dengizga bora oladilar, bizda Kaspiy dengizi bor, u yerdagi majmualar – 4 yulduzli, 5 yulduzli mehmonxonalarni aytmaysizmi! Ular boshqa mehmonxonalardan kam emas. Bizda Alako‘l, Borovoye bor. Olmaota viloyatida tog‘-chang‘i kurortlari, hamma narsa bor va shu sababli sayyohlik salohiyatini rivojlantirishimiz, shunday obektlarni ochishimiz lozim. Shunda bizga kela boshlaydilar”, deb qo‘shimcha qilgan Qozog‘iston yetakchisi.
Mavzuga oid
12:06 / 02.03.2025
Qozog‘istonda ichida o‘zbekistonliklar bo‘lgan avtobus YTHga uchradi
18:14 / 28.02.2025
Nukusdan Qozog‘istonga yangi poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
21:03 / 27.02.2025
Qozog‘iston benzin va dizel yonilg‘isi eksportiga qo‘yilgan taqiqni uzaytiradi
17:32 / 25.02.2025