Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston klublari Osiyo Chempionlar Ligasidagi 1 kvotadan mahrum bo‘ldi
Osiyo Chempionlar Ligasida guruh bosqichi o‘yinlari yakunlandi.
O‘zbekiston klublari bu yilgi musobaqada muvaffaqiyatsiz ishtirok etishdi. Olmaliqning OKMK klubi saralash bosqichidan o‘tolmagan bo‘lsa, Toshkentning «Lokomotiv» va «Paxtakor» klublari guruhda qolib ketishdi.
Natijada, O‘zbekiston klublari OFK reytingi uchun juda kam ochko jamg‘arib, Iroq vakillaridan o‘zib keta olishmadi. Bu esa qit'amizning nufuzli musobaqasidagi kvotalarimiz soni kamayganini anglatadi.
Endi, 2021 yildan boshlab O‘zbekistonning OChLdagi kvotalari 1+1 ko‘rinishini oladi. Ya'ni 1ta klub Chempionlar Ligasi guruh bosqichiga yo‘llanma olsa, yana 1 klub saralash musobaqasida ishtirok etadi.
2020 yilgi musobaqa uchun avvalgi kvota o‘zgarmasdan qoladi – 1+2. Ya'ni, O‘zbekiston chempioni OChLdagi ishtirokini guruh bosqichidan, Superligada 2-o‘rinni egallagan jamoa va Kubok sohibi esa saralash bosqichidan boshlaydi.

Mavzuga oid
00:00 / 24.10.2024
OChL-2. «Nasaf» Iordaniyada mag‘lubiyatga uchrab, guruhida 3-o‘ringa tushdi
21:35 / 05.12.2023
Ronaldu O‘zbekistonga kelishi mumkin. OChL 1/8 final savatchalari ma’lum
21:19 / 19.09.2023
OChL. «Paxtakor» turnirni «Al-Ayn»dan uchralgan yirik mag‘lubiyat bilan boshladi
00:24 / 28.04.2022