Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkmanistonda Qadr kechasi munosabati bilan 700 dan ko‘proq mahbus afv etildi
Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov musulmonlar uchun muqaddas hisoblangan Qadr kechasi munosabati bilan 764 mahbusning afv etilishi haqidagi farmonni imzoladi. Bu haqda turkman OAV xabar berdi.
Berdimuhamedov bosh prokuror Botir Atdayev va huquq-tartibot idoralari rahbariyatiga barcha afv etilganlar qisqa muddatlarda ozodlikka chiqib, o‘z oilalariga qayta olishlari uchun choralar qabul qilish vazifasini topshirgan.
Turkmaniston rahbari, shuningdek, viloyatlar, tuman va shaharlar rahbarlariga afv etilganlarni ish bilan ta'minlashni buyurgan.
“Afv etish tadbirlarini o‘tkazib, qilgan ishlaridan tavba qilgan odamlarga yangi hayot boshlash, halol mehnati bilan o‘z aybini yuvish va mamlakat rivojiga o‘z hissasini qo‘shish imkonini beramiz”, deb aytgan Berdimuhamedov.
Ma'lum qilinishicha, 2018 yilda Turkmaniston prezidenti 3,1 mingdan, 2017 yilda esa 3,3 mingdan ko‘proq mahbusni afv etgan.
Ta'kidlanishicha, Turkmanistonda mahbuslar odatda 4 ta bayram – Mustaqillik kuni, Daxlsizlik kuni, Navro‘z va Qadr kechasi munosabati bilan afv etiladilar.
Mavzuga oid
14:25 / 08.05.2025
O‘zbekiston va Turkmaniston tovar ayirboshlash hajmini 2 mlrd dollarga yetkazishga kelishib oldi
17:26 / 29.04.2025
Turkmaniston prezidenti Ochilboy Ramatov bilan uchrashdi
18:14 / 24.04.2025
Shavkat Mirziyoyev va Gurbanguli Berdimuhamedov birgalikda daraxt ekib, «Zamonlar sadosi» ko‘rgazmasi bilan tanishdi
14:31 / 24.04.2025