Jahon | 21:23 / 01.06.2019
13167
2 daqiqa o‘qiladi

Saudiya qiroli: islom davlatlari Sharqiy Quddus maqomining har qanday tarzda o‘zgartirilishiga qarshi

Islom davlatlari Sharqiy Quddusning tarixiy va huquqiy maqomi har qanday tarzda o‘zgartirilishini rad etadi. Bu haqda Saudiya qiroli Salmon bin Abdul Aziz Ol Saud Islom hamkorlik tashkiloti sammitining ochilish marosimida ma'lum qildi.

"Falastin mavzusi tashkilot va uning a'zolari uchun falastinliklar huquqi ta'minlanmaguniga qadar asosiy mavzu bo‘lib qoladi. Biz Sharqiy Quddusning tarixiy va huquqiy maqomiga daxldor har qanday chorani rad etamiz", dedi u.

57 davlat va hukumat rahbarlari ishtirok etayotgan sammitni ochar ekan, Saudiya qiroli barchani terrorizm va uni moliyalashtirayotganlarga qarshi kurashishga chaqirdi.

Makkada ish boshlagan mazkur sammit kun tartibidan AQSh tayyorlayotgan "asr kelishuvi", Suriya, Yaman va Liviyadagi vaziyat, Sudan va Jazoirdagi o‘tish davri, turli mamlakatlardagi islomofobiya hamda Myanmadagi rohinjalar masalalari o‘rin olgan. 
Ishtirokchilar shuningdek, Eron masalasini ham muhokama qilishadi.

Mavzuga oid