Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy AQShning 60 mlrd dollarlik mahsulotiga boj to‘lovi joriy qildi
Xitoy hukumati AQShning umumiy qiymati 60 mlrd dollarlik 5 mingdan ko‘proq turdagi tovarlariga javob import boj to‘lovlarini kiritdi. Bu to‘lovlar 1 iyun soat 00:00dan kuchga kirgan.
Ma'lum qilinishicha, AQShning 2493 turdagi tovariga boj to‘lovlari 25 foizgacha, 1078 turdagi tovariga 20 foizgacha oshirilgan. Shuningdek, boj to‘lovi 947 turdagi tovarga 10 foizgacha, 595 turdagi tovarga 5 foizgacha oshirilgan.
Xitoyning bunday qadamga borishiga AQSh tomonidan Xitoyning 200 mlrd dollarlik tovariga boj to‘lovining 10 foizdan 25 foizgacha oshirilishi sabab bo‘lgan.
Avvalroq Xitoy va AQSh bir necha oy davomida savdo bahslarini tartibga solish bo‘yicha muzokaralar olib borgandi. Bu muzokaralarning oxirgi 10-raundi 9-10 may kunlari Vashingtonda bo‘lib o‘tgan, biroq shundan keyin ular boshi berk ko‘chaga kirib qolgan.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025