Sport | 08:53 / 02.06.2019
9886
1 daqiqa o‘qiladi

Messi - Chempionlar ligasida eng yaxshi to‘purar bo‘ldi

Foto: AFP/LLUIS GENE

Chempionlar ligasining 2018/19 yilgi mavsumida «Barselona» hujumchisi Lionel Messi eng yaxshi to‘purar bo‘ldi.

Argentinalik futbolchi turnirda 10 o‘yinda 12 gol urdi (1tasi penaltidan). Ikkinchi o‘rinni «Ayaks» a'zosi Dushan Tadich egalladi. U 18 o‘yinda 9 gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Uchinchi o‘rinni 8 o‘yinda 8 gol urgan «Bavariya» hujumchisi Roberta Levandovski band etdi.

«Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronaldu 9 o‘yinda 6 bor raqiblar darvozasini ishg‘ol etib, «Manchester Siti» hujumchisi Serxio Aguero va «Portu» hujumchisi Mussa Marega bilan bir xil natija ko‘rsatgan holda 5-7-o‘rinlarni bo‘lishib oldi.

Chempionlar ligasida «Liverpul» g‘olib chiqdi. Inglizlar klubi o‘z tarixida oltinchi marta Yevropaning bosh sovrinini qo‘lga kiritdi.

Mavzuga oid