Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya 2020 yilgi Olimpiadadan chetlatilishi mumkin
Rossiya 2020 yilda Tokioda o‘tadigan yozgi Olimpiya o‘yinlaridan chetlatilishi mumkin. Bu haqda o‘z manbalariga iqtibos keltirgan holda The Sunday Times nashri ma'lum qildi.
Bunday qaror rossiyalik yengil atletikachi, balandlikka sakrovchi Danil Lisenko ishtirokidagi doping mojaro sababli qabul qilinishi mumkin. Sportchi doping-sinovlarni o‘tkazib yuborgani uchun 2 yilga musobaqalardan chetlatilgan. Nashr manbasiga ko‘ra, sportchi doping-sinovlar vaqtida go‘yoki betob bo‘lganini tasdiqlovchi qalbaki hujjatlarni taqdim qilgan.
Ushbu ish bo‘yicha tergovning borishidan xabardor manbalarning ta'kidlashicha, Lisenkoning betobligi haqidagi tibbiy ma'lumotnomani mavjud bo‘lmagan klinika bergan. Hujjatlarda o‘ylab topilgan shifokorlar va soxta rekvizitlar ko‘rsatilgan. Hujjatda klinika ko‘rsatilgan manzilda tashlandiq bino joylashgani aniqlangan.
Hujjatni qalbakilashtirishda Rossiya yengil atletika federatsiyasi (VFLA) xodimlari gumon qilingan. Nashr manbasining ta'kidlashicha, agar ayblovlar o‘z tasdig‘ini topsa, Rossiya Olimpiadadan chetlatiladi.
Mart oyida Rossiya aksildoping agentligi – RUSADA bosh direktori Yuriy Ganus rossiyalik yengil atletikachilar 2020 yilgi Olimpiadada ishtirok eta olishlariga shubha bildirgandi. Uning aytishicha, Rossiya sport yutuqlarining sofligi uchun kurashishi va medallarni halol yo‘l bilan qo‘lga kiritishi lozim.
2015 yilda Xalqaro yengil atletika federatsiyalari uyushmasi (IAAF) rossiyalik sportchilar tomonidan aksildoping qoidalari muntazam buzilgani sababli VFLAning faoliyatini to‘xtatgandi. Hozirda rossiyalik sportchilar xalqaro musobaqalarda individual ruxsat olishgandan keyin va neytral maqomda ishtirok eta olishlari mumkin. Shu bilan birga IAAF VFLAning maqomini tiklash bo‘yicha ishchi guruh tashkil etgan.
Mavzuga oid
21:24 / 27.05.2025
XOQ rossiyalik sportchilarni 2026 yilgi Qishki Olimpiada o‘yinlariga kiritmadi
19:57 / 22.05.2025
AQShda «doping o‘yinlari» o‘tkaziladi
08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi
17:02 / 12.05.2025