Sport | 00:03 / 03.06.2019
1214
2 daqiqa o‘qiladi

“Jiro d'Italiya” velopoygasida ilk bor ekvadorlik g‘alaba qozondi

Foto: AFP

Movistar jamoasi velopoygachisi Richard Karapas nufuzli ko‘p kunlik “Jiro d'Italiya” velopoygasida g‘alaba qozonib, Grand-turda g‘alaba qozongan ilk ekvadorlik bo‘ldi.

G‘olibning yakuniy natijasi 90 soat 1 daqiqa 47 soniyani tashkil qilgan. Poyga Veronada 17 kmlik masofaga individual poyga bilan yakunlangan. Karapas bu bosqichdan oldin o‘zidan keyin kelayotgan italiyalik Vinchenso Nibalidan 1 daqiqa 54 soniya oldinda bo‘lgan va bu natija unga yakunda peshqadamlikni saqlab qolishga yetgan.

Bahrain Merida jamoasi a'zosi Nibali 2-o‘rinni, 3-o‘rinni Jumbo-Visma vakili sloveniyalik Primoj Roglich egallagan.

Avval tarixda ekvadorlik velopoygachilar “Jiro”,  “Frans” yoki “Vuelta”da g‘alaba qozonishmagan.

2019 yilgi “Jiro d'Italiya”ning umumiy uzunligi 3578,8 kmni tashkil qilgan va Italiya hamda San-Marino hududlaridan o‘tgan. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid