Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev: «Agar xalqimizga suv ham berolmasak, kabinetda o‘tirishga haqqimiz yo‘q»
Toshkent viloyati hokimligida Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.
«Oltin voha» telegram kanali xabariga ko‘ra, viloyatda qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, unumdor, suvli ekin maydonlaridan to‘g‘ri foydalanish masalalari tanqidiy tahlil qilinyapti.
Davlat rahbari suv muammosiga to‘xtalgan. Yig‘ilishda qishloq xo‘jaligi masalalari bo‘yicha viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari Rustam Xolmatov hisobot bergan.
«Agar xalqimizga suv ham berolmasak, kabinetda o‘tirishga haqqimiz yo‘q...», - dedi Shavkat Mirziyoyev.
Shuningdek, Prezident Toshkent viloyatidagi muhit haqida ham so‘z yuritdi.
«Bir kunda 200 varaq kitob o‘qishimiz kerak. Afsus, buni unutib yuborganmiz.
Poraxo‘rlar, o‘g‘rilar shakllangan. Mana Toshkent viloyati ma'naviyati. Bor muhit - shu. Bu - haqiqat», - deydi davlat rahbari.
Mavzuga oid
10:03 / 28.05.2025
Yirik suv inshootlari va magistral quvurlarga “aqlli” hisoblagich tizimi o‘rnatiladi
21:22 / 27.05.2025
2025 yilda 1619 km ichimlik suv tarmoqlarini tortish rejalashtirilgan
18:30 / 27.05.2025
Shavkat Mirziyoyev YUNISEF ijrochi direktori bilan uchrashdi
12:30 / 27.05.2025