Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent viloyati ikkiga bo‘linishi mumkin. Viloyat hokimligida prezident raisligida videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda
Toshkent viloyati hokimligida Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida videoselektor yig‘ilishi boshlandi. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi xabar qilmoqda.
Qayd etilishicha, yig‘ilishda prezident Toshkent viloyati ikkiga bo‘linishi haqida ma'lum qilgan.
Yig‘ilish keskin tanqidiy ruhda boshlangan. Kadrlar siyosati, viloyatning geografik tuzilishi, qoloqlik keskin tanqid qilinmoqda.
Prezident ayrim tuman va shahar rahbarlarini iqtisodni umuman tushunmasligini kuyunib ta'kidlagan.
«Qani ilm, qani tashabbus, qani yangilik», deydi prezident.
Yig‘ilishda Navoiy viloyati 100 foiz klasterga o‘tgani misol qilib keltirilib, Toshkent viloyatida qishloq xo‘jaligi juda tang ahvoldaligi qayd etilgan.
1 iyun kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatiga tashrif buyurdi. Davlat rahbari dastlab Angren shahridagi vokzal va savdo majmuasiga bordi. So‘ngra Ohangaron shahri va tumaniga tashrif buyurdi.
Prezident Ohangaron shahridagi Davlat xizmatlari markazining yangi binosida hamda Ohangaron tumanida ish boshlayotgan g‘isht zavodida bir qator loyihalar bilan tanishdi.
Mavzuga oid
10:03 / 28.05.2025
Yirik suv inshootlari va magistral quvurlarga “aqlli” hisoblagich tizimi o‘rnatiladi
21:22 / 27.05.2025
2025 yilda 1619 km ichimlik suv tarmoqlarini tortish rejalashtirilgan
18:30 / 27.05.2025
Shavkat Mirziyoyev YUNISEF ijrochi direktori bilan uchrashdi
12:30 / 27.05.2025