Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Laylatul qadr”ni kutib olgan O‘zbekiston masjidlari jahon OAV nigohida
Joriy yilning 31 mayidan 1 iyunga o‘tar kechasi butun dunyo mo‘min-musulmonlari ming oydan afzal sanalgan “Laylatul qadr” kechasini kutib oldi. O‘zbekistonda ham mazkur muqaddas kechaning shukuhi va tarovati o‘zgacha bo‘ldi. Bu esa xorij ommaviy axborot vositalari, jumladan, Buyuk Britaniya hamda Saudiya Arabistonining qator nashrlari e'tiboriga tushdi.
Ushbu nashrlarda o‘zbekistonlik minglab musulmonlarning “Laylatul qadr” kechasidagi holati, ularning xatmonada qoim bo‘lishlari aks etgan. Dron orqali olingan ushbu suratlarda Qadr kechasining shukuhi va Qur'oni karim xatmonasi uchun to‘plangan insonlarning yirik jamoatini ko‘rish mumkin.
Haqiqatan, ham bu yilgi Ramazon oyida O‘zbekistondagi jami jome masjidlarda Qur'on xatmonalari chiroyli suratda o‘tkazildi. Unda minglab mo‘min-musulmonlar qoim bo‘ldi. Ko‘pdan ko‘p duolar qilindi, qalbdan yaxshi niyatlar qilindi.
Mavzuga oid
11:14 / 14.04.2023
Qadr kechasida qilinadigan amallar, uning alomatlari va fazilatlari
13:12 / 27.04.2022
Qadr kechasida qilinadigan amallar, uning alomatlari va fazilatlari
19:12 / 19.05.2020
O‘zbekiston Musulmonlari idorasi Fatvo hay'ati Qadr kechasini o‘tkazishga doir tavsiyalarini berdi
18:31 / 31.05.2019