Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shri-Lankada musulmon vazirlar iste'foga chiqishdi – OAV
Shri-Lanka hukumati tarkibidagi musulmon vazirlar mamlakatda aprel oxirida xristian cherkovlariga qarshi amalga oshirilgan teraktlardan keyin musulmonlarga nisbatan boshlangan hujumlarning to‘xtamayotgani ortida iste'foga chiqishga ariza berishdi. Bu haqda AFP axborot agentligi xabar berdi.
Ma'lumotlarga ko‘ra, umumiy hisobda 9 amaldor, jumladan bir necha vazir va 2 nafar viloyat gubernatori o‘z lavozimlaridan ketgan.
Avvalroq Shri-Lanka Musulmon kongressi rahbari Rauf Hakim tvitterdagi sahifasida “islom diniga e'tiqod qiluvchi vazirlar, ularning o‘rinbosarlari, davlat vazirlari o‘z lavozimlaridan ketishlarini” ma'lum qilgan.
Haqim hukumatga “musulmonlarni tahdidlar, hujumlar va jinoyatlardan himoyalash hamda tartibni tiklash va ta'minlash bo‘yicha qat'iy choralar qabul qilish” talabi bilan murojaat qilgan.
21 aprelda Shri-Lankaning turli qismlarida sakkizta portlash yuz bergandi. Mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligining ma'lumotlariga ko‘ra, portlashlar natijasida 260 kishi halok bo‘lgan.
Mavzuga oid
15:08 / 11.05.2025
Shri-Lankada avtobus jarlikka qulashi oqibatida 21 kishi halok bo‘ldi
18:35 / 09.05.2025
Shri-Lankada vertolyot qulashi oqibatida 6 kishi halok bo‘ldi
11:33 / 24.02.2025
Shri-Lankada “advokat” sud zalida gumonlanuvchini otib tashladi
22:08 / 20.02.2025