O‘zbekiston | 12:44 / 05.06.2019
6665
1 daqiqa o‘qiladi

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita: 16 ming 932 nafar ichki ishlar xodimlari bayram o‘tadigan obektlarga jalb etildi

Muzaffar Komilov / Foto: KUN.UZ

O‘zbekiston Milliy matbuot markazida Ramazon hayitini nishonlash bo‘yicha OAV uchun brifing bo‘lib o‘tmoqda. Tadbir Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita tomonidan tashkil etildi.

Kun.uz muxbiri xabariga ko‘ra, qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari Muzaffar Komilov hayit namozi bo‘yicha qator ma'lumotlarni e'lon qildi.

Xususan, uning so‘zlariga ko‘ra, jamoat xavfsizligini ta'minlash maqsadida 16 ming 932 nafar ichki ishlar xodimlari bayram o‘tadigan obektlarga jalb etildi. 

“Ichki ishlar vazirligi va boshqa mutasaddi tashkilotlar tomonidan ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida hayit namozini joylarda tartibli, tinch-osoyishta o‘tishi ta'minlandi”, - dedi u.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid