O‘zbekistonda Shavkat Mirziyoyev kiyib olgan krossovkalarni yetkazishga buyurtmalar olina boshlandi
Internetda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning krossovkalarda palov tayyorlayotgan surati qizi tomonidan e'lon qilingandan keyin onlayn sotuvchilar xuddi shu turdagi krossovkalarning yetkazilishiga buyurtmalar ola boshlashdi.
Sotuvchilarning e'lonlariga ko‘ra, bu modeldagi “original” krossovkaning yetkazilishi xaridorlarga 550 dollarga aylanadi.
Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilarining ta'kidlashicha, Z Zegna brendi ostida chiqariluvchi ushbu krossovkaning onlayn tarzda yetkazilishining haqiqiy narxi 400 dollarga yaqinni tashkil qiladi. Bundan esa uddaburon sotuvchilar ushbu modeldagi krossovkalarning O‘zbekistonning birinchi shaxslari orasida ommalashgani ortidan mo‘maygina pul ishlab olishga qaror qilganlarini ko‘rish mumkin.
Mavzuga oid

20:39
Shavkat Mirziyoyev maktab bitiruvchilarini tabrikladi

08:00
O‘zbekiston prezidenti Sloveniyaga tashrifini yakunladi

23:48 / 22.05.2025
Shavkat Mirziyoyev Sloveniya prezidenti bilan birga qo‘shma biznes forumda ishtirok etdi

20:38 / 22.05.2025