Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda 160 ta xususiy kompaniya «O‘zavtosanoat» uchun mahsulot yetkazib beradi
«O‘zavtosanoat» AJ o‘tgan 2018 yildan e'tiboran mahalliy xususiy korxona va kompaniyalar uchun o‘z modellariga ehtiyot qismlariga tender amaliyotini joriy qilgan edi. Bugungi kunda bu amaliyot davom etmoqdami, mahalliy avtomobillarda xususiy korxonalar ishlab chiqarayotgan mahsulotlari ulushi qanday? Kun.uz muxbirining Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida «O‘zavtosanoat» AJ vakillari ishtirokida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida shunday savol bilan AJ rasmiylariga murojaat qildi.
«O‘zavtosanoat» AJ strategik rejalashtirish direksiyasi boshlig‘i Rustam Qodirovning ma'lum qilishicha, bugungi kunda 160ta xususiy firma va kompaniyalar O‘zbekiston avtomobilsozlik sanoati uchun mahsulot yetkazib bermoqda.
«Bizlarga mahsulot yetkazib beruvchi korxonalarning 160tasi xususiy kompaniyalar. O‘zimizning kompaniyalar 40tacha atrofida. Xususiy korxonalar GM Uzbekistan va boshqa ishlab chiqaruvchilarga (MAN Uzbekistan, SAMAUTO) butlovchi va ehtiyot qismlarini yetkazib beradi. Bundan keyin ham shunday davom etadi. Biz xususiy korxonalar bilan ishlashni davom ettirishimiz kerak. Xohlaymizmi-yo‘qmi, xususiy korxona unumdorliroq bo‘ladi», - dedi Rustam Qodirov.
Mavzuga oid
16:09 / 15.05.2025
Damas va Labo ishlab chiqarishni to‘xtatish ko‘rib chiqilmayapti - “O‘zavtosanoat”
18:00 / 05.12.2024
O‘zbekistonda mahalliylashtirish hisobiga BYD'larning tannarxini pasaytirish rejalashtirilmoqda
19:34 / 25.11.2024
Shavkat Mirziyoyevga avtomobil sanoatidagi rejalar haqida axborot berildi
15:26 / 10.07.2024