Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putinning tansoqchilari Xitoy raisining sahnadan yiqilishiga yo‘l qo‘yishmadi (video)
Xitoylik delegatlar Peterburg xalqaro iqtisodiy forumining yalpi sessiyasidan keyin Xitoy raisi Si Tszinpinni yiqitib yuborishlariga bir baxya qoldi.
Ma'lum qilinishicha, tadbirning rasmiy qismi yakunlangandan keyin jurnalistlar va turli davlatlar delegatlari forum ishtirokchilariga savol berish va suratga tushish uchun sahna oldiga yugurib borishgan. Xitoylik mehmonlar bunda ayniqsa jonbozlik ko‘rsatishgan. Ular o‘z yetakchilarini olqishlab, u tomon talpinishgan. Si Tszinpin pastdagi delegatlardan biri tomon egilib, u bilan ko‘l siqishmoqchi bo‘lganda, sahnadan yiqilib ketay degan. Xayriyatki, Rossiya prezidenti Vladimir Putinning tansoqchilari Xitoy raisini ushlab qolib, bunga yo‘l qo‘yishmagan.
Voqeadan keyin Xitoy yetakchisi sessiyani qolgan ishtirokchilar bilan birga tark etgan.
Nixao! Jurnalisty kitayskogo pula tak goryacho privetstvovali Si Tszinpina, chto chut ne uronili kitayskogo lidera. Oxrana Putina pomogla yemu uderjatsya pic.twitter.com/7n1JQaYqA6
— Kremlevskiy pul RIA (@Kremlinpool_RIA) 7 iyunya 2019 g.